PV = 100 000 x (1 – 0,15 x 90/360) = 96 250 birlik.
Mos ravishda bank tomonidan 100 000 – 96 250 = 3750 birlik bank foydasi sifatida hisobga olinadi.
Mazkur amaliyotdan kо‘rinib turibdiki, d stavkaning belgilanishi natijasida bank diskont kо‘rinishida daromad oladi, veksel egasi esa bankdan veksel nominalidan past summani oladi.
Diskontlashning ikkala kо‘rib chiqilgan usullarining qо‘llanishi bir-biriga nisbatan turli natijalarni keltiradi. Bu holat d=r da ham shunday. Grafikdan kо‘rinib turibdiki, d hisob stavkasi r odatiy stavkaga qaraganda diskontlanayotgan summani bir muncha tezroq kamaytirish imkonini beradi
d hisob stavkasi ba’zida о‘sib boruvchi qiymatni aniqlashda oddiy foiz sifatida ham qо‘llaniladi. Bunda о‘sib boruvchi qiymatni aniqlash natijasida shartnomaning, masalan veksel umumiy summasining kelgusi qiymati paydo bо‘ladi. Mazkur holatda kelgusi qiymatni aniqlash formulasi quyidagi kо‘rinishga ega:
(4.6)
Misol kо‘rib chiqamiz.
Mol yetkazib beruvchi 100 000 birlik qiymatga teng mahsulot pulini veksel bо‘yicha tо‘liq bankdan oldi. Agar bank hisob stavkasi 15% bо‘lsa, tо‘lov muddati hisoblangan 90 kundan keyin mazkur veksel bо‘yicha qancha mablag‘ oladi?
Masaladan kо‘rinib turibdiki, о‘sib boruvchi qiymat d hisob stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanishi kerak.
FV = 100 000 / [(1 – (90 x 0,15) / 360] = 103 896,10 birlik.
Foiz stavkasi va operatsiya muddatini aniqlash
r foiz stavkasi va d hisob stavkasi miqdori kelgusi qiymat (4.1) yoki joriy qiymat (4.5)dan kelib chiqqan holda aniqlanishi mumkin. Natijada quyidagi formulalarga ega bо‘lamiz:
(4.7)
(4.8)
Misol kо‘rib chiqamiz.
Qoplash muddati 90 kun bо‘lgan nominal qiymati 100 birlik qiymatga teng qisqa muddatli majburiyat 98,22 birlik baho bо‘yicha sotib olingan. Investor uchun operatsiya bо‘yicha daromadlilikni aniqlang.
Odatiy foizlar bо‘yicha
yoki 7,2%;
Aniq foiz bо‘yicha
yoki 7,22%.
Mos ravishda operatsiya muddati quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi:
(4.9)
(4.10)
Yuqorida keltirilgan misol bо‘yicha daromadlilik darajasi 7,22% va nominali bо‘yicha qoplash amalga oshiriladigan holatda operatsiya muddatini aniqlang.
t
r foiz stavkasi va d hisob stavkasining ekvivalentligi
Foiz stavkalarining ekvivalentligi prinsipi moliyaviy va investitsion tahlilda keng qо‘llaniladi. Ulardan bitimlar shartlarini taqqoslashda, operatsiyalar samaradorligini aniqlashda bir stavkani boshqasiga almashtirish orqali va boshqa holatlarda foydalaniladi.
Umumiy holda ikkala turli xil foiz stavkalari bir xil sharoitlarda qо‘llanilganda moliyaviy natijalari bо‘yicha о‘zaro ekvivalentli hisoblanadi.
Ekvivalentlik formulasi qiymat о‘sishining mos kо‘rsatkichlari о‘zaro tengligiga asoslanadi:
(4.11)
Bir yildan kam bо‘lgan davomiylikka ega bо‘lgan operatsiyalar uchun ekvivalentlik nisbatini aniqlash 11-formuladan kelib chiqqan holda quyidagicha aniqlanadi:
A) stavkalar bо‘yicha vaqt bazasi (V) bir xil va teng (360 yoki 365 kun):
(4.12)
d (4.13)
B) r foiz stavkasi bо‘yicha vaqt bazasi 365 kun va d hisob stavkasi bо‘yicha esa 360 kun bо‘lgan holatda quyidagicha aniqlanadi:
(4.14)
d (4.15)
7-savol bayoni. Korporativ moliyaviy munosabatlarda va moliyaviy hisob-kitoblarda murakkab foizlar muhim rol о‘ynaydi. Bu haqda quyida atroflicha tо‘xtalib о‘tamiz.
Murakkab foizlar bir yildan ortiq muddat davom etadigan moliyaviy operatsiyalar bо‘yicha hisob-kitoblarda keng qо‘llaniladi. Shu bilan birgalikda ulardan qisqa muddatli moliyaviy operatsiyalarda ham foydalanish mumkin. Murakkab foizlar obyektiv sabablar tufayli qisqa muddatli moliyaviy operatsiyalarda bitim shartlariga kiritilishi mumkin. Obyektiv sabablar sifatida esa yuqori inflyatsiya darajasi, yuqori riskli holatlarni keltirish mumkin. Bunda operatsiya muddati bо‘yicha foiz hisoblash uchun baza sifatida qо‘shimcha ravishda muddatlar bо‘yicha foizlar hisobiga jamg‘ariladigan summani о‘z ichiga olgan holda shartnomada belgilangan summa olinadi.
Dostları ilə paylaş: |