Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə23/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Pulning hozirgi qiymati kelajakda kelib tushadigan pul mablag‘larining belgilangan foiz stavkasini («diskont stavkasi») hisobga olgan holda hozirgi davrga keltirilgan miqdorini ifodalaydi. Pulning hozirgi qiymatini aniqlash bu qiymatning diskontllashuvi bilan bog‘liq bо‘lib, pul mablag‘larining belgilangan yakuniy hajmida о‘sishiga teskari operatsiyani ifodalaydi. Bu holda foiz (diskont) miqdori pul mablag‘larining yakuniy miqdoridan (kelajakdagi qiymatdan) chiqarib tashlanadi.
Bunday holat ma’lum bir vaqt о‘tgandan sо‘ng oldindan belgilangan summani olish uchun bugungi kunda qancha mablag‘ investitsiya qilish kerakligini aniqlash zarur bо‘lgan hollarda vujudga keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy operatsiyalar о‘tkazish jarayonida vaqt omili muhim rol о‘ynaydi. Shundan kelib chiqqan holda biznesning oltin qoidasi hisoblangan quyidagi fikr shakllangan:
Bugun olingan pul mablag‘i summasi yertaga olinadigan pul mablag‘i summasi ekvivalentidan yuqori.
Korporativ moliyaviy munosabatlarda vaqt omilini hisobga olish foiz hisoblash texnikasi asosidagi diskontlash va о‘sib borish metodlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu metodlarning mohiyati hozirgi yoki kelgusidagi talab qilingan turli davrlarga taalluqli pul mablag‘lari miqdorini aniqlashni о‘zida aks ettiradi. Mazkur jarayonda о‘sib boruvchi qiymat meyori sifatida foiz stavkasi (interest rate)dan foydalaniladi.
Tor ma’noda foiz stavkasi qarz mablag‘laridan foydalanganlik uchun tо‘lanadigan summani о‘zida aks ettiradi. Lekin korporativ moliyaviy munosabatlarda bu tushuncha kengroq talqin qilinadi. YA’ni foiz stavkasi quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
- amalga oshirilayotgan operatsiyalar bо‘yicha olinadigan foydaning qо‘yilgan mablag‘ miqdoriga nisbati sifatida hisoblanadigan va foizlarda yoki birlik ulushlarda aks etadigan daromadlilik darajasini belgilovchi vosita sifatida;
- kapitalning muqobil qiymati sifatida.
3-savol bayoni. Korporativ moliyaviy munosabatlarda vaqt omilini hisobga olish foiz hisoblash texnikasi asosidagi diskontlash va о‘sib borish metodlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu metodlarning mohiyati hozirgi yoki kelgusidagi talab qilingan turli davrlarda taalluqli pul mablag‘lari miqdorini aniqlashni о‘zida aks ettiradi. Mazkur jarayonda о‘sib boruvchi qiymat meyori sifatida foiz stavkasi (interest rate)dan foydalaniladi.
Tor ma’noda foiz stavkasi qarz mablag‘laridan foydalanganlik uchun tо‘lanadigan summani о‘zida aks ettiradi. Lekin korporativ moliyaviy munosabatlarda bu tushuncha kengroq talqin qilinadi, ya’ni foiz stavkasi quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
  • Amalga oshirilayotgan operatsiyalar bо‘yicha olinadigan foydaning qо‘yilgan mablag‘ miqdoriga nisbati sifatida hisoblanadigan va foizlarda yoki birlik ulushlarda aks etadigan daromadlilik darajasini belgilovchi vosita sifatida;


  • Kapitalning muqobil qiymati sifatida.


Pul mablag‘larini qarzga berish natijasida uning egasi ssuda foizi kо‘rinishidagi aniq daromadga ega bо‘lib, bunday foizlar aniq vaqt mobaynidagi algoritmik hisob kitoblar asosida aniqlanadi. Modomiki, moliyaviy operatsiyalardagi standart vaqt intervallari asosan 1 yil qilib olinib bunda foiz savkalarini о‘rnatish 1 yil qilib belgilab olinadi.


Hozirda diskret foiz hisoblashning 2 usuli: oddiy va murakkab foiz hisoblash usullari mavjuddir11.
Oddiy foiz hisoblash usuli hisoblash olib boriladigan asosning uzgarmasligini kо‘zda tutadi. Agar investitsiyalanadigan kapital PV bо‘lib, talab qilinadigan daromad i qilib belgilaydigan bо‘lsak investitsiyalangan kapital yil mobaynida PV*i ga usadi. Shuningdek, investitsiyalangan kapital n yildan sо‘ng quyidagi tenglama asosida hisoblab topiladi:

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin