Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


chizma. Faqat moliya masalalariga ixtisoslashgan menejerlar



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə19/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

2 chizma. Faqat moliya masalalariga ixtisoslashgan menejerlar10
Qoidaga ko‘ra, uncha katta bo‘lmagan shirkatlarda g‘aznachi moliya masalalariga ham javob beradi. Ammo yirik korporatsiyalar shtatda yana firma moliya hisoboti, ichki hisob-kitoblar va soliqlarni to‘lash uchun javob beradigan bosh buxgalter (nazoratchi buxgalter) shtatiga ham ega. Ko‘rganingizdek, g‘aznachi va bosh buxgalterning vazifalari bir-bir-biridan farq qiladi: g‘aznachining asosiy vazifasi – kompaniya uchun kapital topish va uni boshqarish, bosh buxgalter esa eng avvalo naqd pullardan samarali foydalanishni ta’minlashi kerak. 

Bundan tashqari, yirik firmalarning ko‘pchiligida moliya direktori lavozimi ham bor bo‘lib, u ham g‘aznachi, ham bosh buxgalter ustidan nazorat qiladi. Moliya direktori asosan moliya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, korporativ rejalashtirish bilan shug‘ullanadi. Qoidaga ko‘ra, moliya direktorining umumiy ma’muriy vazifalari faqat moliya sohasini o‘z ichiga olmasdan, balki ko‘pincha u direktorlar kengashi tarkibiga ham kiradi.


Bosh buxgalter yoki moliya direktori byudjet jarayonini (kapital kiritmalarni rejalashtirish jarayonlari) tashkil qilish va uni nazorat qilish uchun javob beradi.
Shu bilan birga yirik kapital mablag‘larni talab qiluvchi loyihalar yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va marketing bilan shunchalik yaqindan bog‘liqki, ushbular bilan shug‘ullanuvchi menejerlar istasa-istamasa, bunday loyihalarni rejalashtirish va tahlil qilish jarayonlariga qo‘shiladi. Agar korporatsiya shtatida korporativ rejalashtirishga ixtisoslashgan hodimlar ham bo‘lsa ular ham tabiiy ravishda kapital harajatlar byudjetini tuzishda ishtirok etadi.
Ko‘plab moliya masalalarining o‘ta muhimligini hisobga olgan holda ular direktorlar kengashi e’tiboriga, uning ma’qullashini olish uchun taqdim qilinadi. Masalan, faqat direktorlar kengashi dividentlar to‘lash yoki qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha qonuniy huquqqa ega. Ahamiyatiga ko‘ra mayda va o‘tra bo‘lgan sarmoya loyihalari haqidagi qarorlar qoidaga ko‘ra direktorlar kengashi tomonidan tegishli lavozimdagi mutahassislarga topshiriladi, lekin yirik sarmoya dasturlari haqida qaror qabul qilish huquqi hech qachon boshqalarga berilmaydi.
6-savol bayoni. Korporativ moliyaviy boshqaruv bu - :

- kompaniya faoliyati samarodorligini ta’minlash va mulkdorlar, hamda boshqa manfaatdor shaxslar (kompaniya xodimlari, kreditorlar, hamkor korxonalar) manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha kompaniya menejerlari va egalari (aksiyadorlari) o‘rtasidagi o‘zaro iqtichodiy (yoki pul) munosabatlar tizimi;


- korporativ mulkning mulkdorlarning bevosita nazoratidan uzoqlashtirilishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan barcha qonunlar, meyorlar, nizomlar, tadbirlar va tartiblar;
- ular yordamida kompaniyani samarali boshqarishni tashkil qilishda asosiy manfaatdor shaxslarning manfaatlarini birlashtirishni amalga oshiriladigan tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy tadbirlar majmuasi.
Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra, korporativ boshqarish qonunchilik, meyorlar va hususiy sektorning mos ravishdagi amaliyotining shunday birikmasiga tushuniladiki, ular kompaniyaga moliyaviy va inson resurslarini jalb qilishga, samarali faoliyatni olib borishga imkoniyat beradi, va oqibatda o‘z aksiyadorlari uchun uzoq muddatli iqtisodiy qiymatni ko‘paytirish orqali o‘zining mavjudligini saqlab qolishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, aksiyadorlar, boshqa manfaatdor shaxslar va jamiyatning manfaatlariga rioya qilinishi kerak.
Korporativ moliyaviy boshqaruvning maqsadi - barcha manfaatdor tomonlar manfaatlarining muvozanatiga rioya qilgan holda, amaldagi qonunchilik doirasida OAJning barcha faoliyat turlaridan imkoni qadar yuqoriroq foyda olish.
Korporativ moliyaviy boshqaruvning vazifalari:
- aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
- AJning investitsion jozibardorligini oshirish;
- uzoq muddatli iqtisodiy qiymatning jamg‘arilishi orqali aksiyalar narhining o‘sishi;
- jamiyatning rivojlanish strategiyasini aniqlash va uni amalga oshirilishini nazorat qilish;
- biznes-rejalarni tasdiqlash va ular bajarilishini nazorat qilish va boshqalar.
Korporativ boshqaruv tizimining asosiy elementlari:
- kompaniya faoliyatiga aloqador shaxslarni o‘zaro harakat qilishining huquqiy, tashkiliy va boshqa mexanizmlari;
- aksiyadorlar va boshqa kompaniya faoliyatiga jalb qilingan shaxslarning o‘z manfaatlariga vakillik qilish usullari.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin