Korporativ boshqaruvning ingliz - amerika modeli
Сайлайди
Директорлар кенгаши (кузатувчилар)
тайинлайди ва назорат қилади
Бошқаради
Акциядорлар
Эгалик қилади
Лавозимдаги шахслар (бошқарувчилар)
Кредиторлар
Гаров сақлайди
Тузилмавий чегаралар
Компания
Ҳуқуқий тизим
Nemis modelida korporativ tuzilmalarga aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari boshqa yuridik shaxslar: turli shirkatlar, xo‘jalik jamiyatlari, xo‘jalik birlashma ko‘rinishidagi konsern, uyushma, xolding va shunga o‘xshash tuzilmalar kiradi. Germaniya modelining Amerika modelidan farqi, aksiyadorlarning asosiy kapitali yuridik shaxslar qo‘lida saqlanishidir. Yana bir muhim jihati Germaniyada AQShga nisbatan fond birjasi kamroq darajada rivojlangan. Germaniya iqtisodiyotida ishtirok etayotgan barcha kompaniyalarning faqat 12 foizga yaqini London fond birjasi va 10 foizga yaqini AQSH fond birjalarida kotirovka qilinadi5.
Nemis modelining AQSH modelidan farqli o‘laroq, aksiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida turadi: umumiy kapitalining yarmidan ko‘pini bir - birining aksiyalariga egalik qilish tizimi o‘z ichiga oladi. Shaxsiy investorlar nemis modelida ikkinchi yirik investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalari umumiy aksiyalarning taxminan 16% iga egalik qiladi) ular aksiyalarining ko‘p qismi taqdim etuvchiga sertifikati ko‘rinishiga ega bo‘lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig‘iga ko‘ra, xususiy aksiyadorlar aksiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan boshqariladi. Shuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bo‘lgan aksiyalarining juda katta ulushi (90%dan ortig‘i) tashkilot- investorlar tomonidan boshqariladi. (o‘zlari aksiya egalari bo‘lmasa ham).
Korporativ boshqaruvning nemis modeli
Korporativ tuzilma
Аъзоларнинг ярмисини тайинлайди членов
Ишчилар ва касаба уюшмалари
Кузатув кенгаши
Тайинлайди ва назорат қилади
Ҳисобот беради
Аъзоларнинг ярмисини тайинлайди
Бошқарувчилар кенгаши
Оператив бошқарувни амалга оширади
Эгалик қилади
Акциядорлар
Компания
Nemis kompaniyalarining aksiyadorlik kapitali yirik aksiyadorlar qo‘lida kuchli darajada jamlangan. Natijada, amerikalik kasbdoshlariga nisbatan nemis mulkdorlari va ular kapitalini boshqaruvchi moliya institutlari o‘z kompaniyalari bilan ancha yaqin ish munosabatlarida bo‘ladilar. Oqibatda, ular mulkchilik huquqlaridan faol foydalanishdan va kompaniya faoliyati ustidan nazorat qilishga qatnashishdan ko‘proq darajada manfaatdordirlar. Boshqaruv organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini baholashda, har bir model o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligini tushunish muhimdir. Ushbu tizimlarning har biri ham samarali bo‘lishi mumkin, agar ular mos ravishdagi boshqaruvi bilan o‘zlari joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy - iqtisodiy mohiyatiga monand bo‘lsa.
Shunday tizimni tanlash kerakki, mazkur tizim aynan O‘zbekiston uchun o‘ziga xos yechimni ifodalashi va boshqa davlatlarda ishlatilayotgan modellarning shunchaki nusxasi bo‘lmasligi kerak. Boshqaruvga nozik yondashuvni qo‘llab - quvvatlash kerak bo‘lib, mos ravishdagi boshqaruv modeli nafaqat har bir kompaniyada turlicha bo‘ladi, balki ayni bir kompaniyaning turli yashash davrlarida ham o‘zgartirib boriladi. Ushbu fikr yangi texnologiyalar rivoji va iqtisodiyotning globallashuvini kompaniyalarning qayta tashkil qilinish sur’atlari o‘sishiga va korporativ tuzilmalarning tubdan o‘zgarishlariga ta’sirini inobatga olganda yanada to‘g‘riroq bo‘ladi. Kompaniyalar o‘z holatiga eng mos keladigan, biroq investorlar tomonidan samarali qaror qabul qilinishiga olib boradigan va axborotlarning muvofiq oshkora qilinishini ta’minlaydigan samarali tamoyillar asosida qurilgan korporativ amaliyotni qabul qilish mas’uliyatini o‘z zimmalariga olishlari kerak.
Korporativ korxonaning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi javobgarligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanishi lozim. Bunda quyidagi yo‘nalishlar ahamiyatlidir:
- ustav fondini oshirish;
- qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish;
- korxona aksiyalarining investorlar uchun jozibadorligini oshirish maqsadida aksiyadorlik jamiyatida dividend siyosatini takomillashtirish;
- jamiyat aksiyadorlari, kuzatuv kengashi a’zolari va ijrochi organlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan ichki korporativ munosabatlarni shakllantirish;
-aksionerlik jamiyati boshkaruv jarayonidagi ma’lumotlarning ochiqlik darajasini, shuningdek aksionerlik jamiyati boshkaruv organlarining hissadorlar yoki aksiyadorlar oldida muntazam ravishda hisobot berib borishini ta’minlash;
- ichki audit ishini yaxshilash va takomillashtirish zarur.
Dostları ilə paylaş: |