Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə16/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Korporativ boshqaruvning yapon modeli

Korporativ tuzilma



Тайинлайди

Акциядорлар

Директорлар кенгаши
(президент билан бирга)

Президент қарорларни тасдиқлайди

Назоратни амалга оширади

Маслаҳат беради

Президент

Бошқарувни таъминлайди

Асосий
банк

Маслаҳатлашади

Қарз беради


Ижроия маъмурияти

Бошқаради

Эгалик қилади

Компания

Yaponiya modeli ko‘pgina kompaniyalarning yirik aksiya paketlari katta bank va moliya guruhlari portfelida mujassamlashganligi bilan ajralib turadi. Yirik aksiya paketiga ega bo‘lgan aksiyadorlar korxona boshqaruvida bemalol ishtirok eta oladilar. Korporativ boshqaruvning yaponcha modelidagi o‘ziga xos xususiyat kompaniyaning asosiy aksiyadorlari kompaniyaga kelib tushayotgan daromadlaridan voz kechishlari evaziga guruhda birga faoliyat yuritib kattaroq daromad olishlari kabi imkoniyatlarning mavjudligidir.



Korporativ boshqaruvning Amerika modeli (Angliya, AQSH) – ixtiyoriy fuqaroga shaxsiy boylikka erishish imkoniyatini ta’minlash maqsadida “autsayderlik”, ya’ni kompaniya faoliyatiga aloqador bo‘lmagan guruhlar tomonidan kompaniya faoliyati nazoratiga asoslangan.
Ushbu model aslida AQSH va Buyuk Britaniyaga xos model hisoblansada, dunyo bo‘ylab keng tarqalgan bo‘lib, adabiyotlarda turlicha nomlar bilan uchraydi. Masalan, Amerika modeli, Anglo-amerika modeli, aksiyador modeli (shareholder model), markazini bozor tashkil etadigan yoki bozorga asoslangan model (market-centric model), kapitalga asoslangan model (equity-based model), prinsipal-agent modeli (principal-agent model), autsayder modeli (outsider model), moliya modeli (finance model) shular jumlasidandir.
Ushbu model negizini tashkil etuvchi aksiyador nazariyasiga (shareholder theory) ko‘ra, korporatsiya menejerlarining asosiy majburiyati aksiyadorlar boyligini (mulkini) maksimallashtirish hisoblanadi. Chunonchi aksiyadorlar korporatsiyaning egalari hisoblanadilar va zimmalariga eng yuqori riskni oladilar. Direktorlar kengashi yagona-bir pog‘onali kengash modelini namoyon etadi va asosan aksiyadorlar tomonidan saylanadigan ijrochi bo‘lmagan (non-executive) direktorlardan tashkil topadi. Shunga qaramasdan, ayrim bir pog‘onali kengashlar ham ijrochi ham ijrochi bo‘lmagan direktorlardan tarkib topishi mumkin. Amerika korporatsiyalarining aksiyadorlik kapitali yuqori darajada kichik paketlarga tarqab ketgan bo‘lib, AQSH korporatsiyalari aksariyatining reyestrlarida umumiy kapitalning bir foizidan oshig‘iga egalik qiluvchi birorta xususiy shaxs yoki institusional investor qayd qilinmagan. Natijada aksiyadorlarning birorta guruhi direktorlar kengashiga a’zolik qilishga alohida da’vogar bo‘la olmaydi. Ikkinchi muhim xususiyat shundaki, xususiy shaxslarga qarashli bo‘lmagan aksiyalarning ko‘pchiligi institusional investorlar – nafaqa va o‘zaro yordam (paychilik) fondlari qo‘lida jamlangandir. Bu investorlar qo‘llarida 50%dan oshiq kapitalni jamlaydi, ko‘proq moliyaviy menejer sifatida qatnashishga moyilroq bo‘lib, direktorlar kengashi ishida qatnashishga intilmaydilar va odatda o‘zlari yirik paketga egalik qilgan kompaniyalar uchun mulkchilik huquqidan kelib chiqadigan mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishdan o‘zlarini olib qochadilar.
Aksiyadorlik kapitalining maydalangani bir mulkdordan ikkinchisiga aksiyalarning o‘tishini osonlashtiradi. Mayda aksiyador o‘ziga qarashli aksiyalarni sotish haqida qarorni nisbatan oson qabul qilishi mumkin, aksincha yirik aksiyador uchun paketning sotilishi odatda strategik rejalarning o‘zgarishidan dalolat berishi va sotiladigan aksiyalarning kurs qiymati tushib ketishi oqibatida (bozordagi taklifning ortib ketishi sababli) yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Amerika qimmatli qog‘ozlar bozorining yuqori samaraliligi va likvidligi bilan ajralib turishi mayda investorlar uchun paketlarni sotish ishini tez va texnik jihatdan oson amalga oshadigan qilib qo‘yadi. Kompaniyalarning qo‘shilishi, qo‘shib olinishi, egallanib olinishi va sotib olinishlari amerika fond bozorining keng tarqalgan amaliyoti bo‘lib, bu esa fond bozorini aksiyadorlar tomonidan menejerlar faoliyatini nazorat qilishning juda samarali va oson amalga oshirishga imkon beruvchi quroli qilib qo‘yadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin