2-rasm. Korporativ tuzilmalarning moliyaviy munosabatlari
Korporativ tuzilmalarning boshqa subektlar bilan moliyaviy munosabatlari xususida quyida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Avvalo, ta’sischi (aksiyador)lar bilan moliyaviy munosabatlar korporativ tuzilmani tashkil etish (ta’sis etish) bilan bog‘liq munosabatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bunda korporativ tuzilma faoliyatini tashkil etishda ta’sischi (aksiyador)larning ulushlarini belgilashlari, ta’sischilar (aksiyador)ning ulush kiritish va o‘z ulushlarini korporativ tuzilmadan olib chiqib ketishlari, uchinchi shaxslarning ta’sischi (aksiyador) sifatida kirish jarayonlarida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshqa tomondan erishilgan natija – korporativ tuzilma foydasini ta’sischilar yoki aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash jarayoni ham korporativ moliyaviy munosabatlarda muhim o‘ringa ega ekanligini qayd etib o‘tishimiz lozim.
Korporativ moliyaviy munosabatlarda ishchi-xodimlar bilan moliyaviy munosabatlar muntazam ravishda ro‘y berib turishi bilan xarakterlidir. Shuningdek, ishchi-xodim aksiyador ham bo‘lsa, ular bilan moliyaviy munosabatlar ko‘lami yanada kengayadi.
2-savol bayoni. Davlatning korporativ tuzilmalar bilan moliyaviy munosabatlari ko‘p tomonlamaligi bilan ajralib turadi. Bunday munosabatlar tarkibini quyida keltirib o‘tamiz (3-rasm).
Quyidagi 3-rasm ma’lumotlari asosida davlatning korporativ tuzilma bilan moliyaviy munosabatlari bevosita davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va faoliyatga ruxsat berish, faoliyatni tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish, davlat ulushini kiritish yoki xususiylashtirish maqsadida sotish, korporativ boshqaruvda bevosita ishtirok etish, davlat ta’lim muassasalarida korporativ tuzilmalar faoliyati uchun kadrlar tayyorlash, ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini va daromadliligini ta’minlash, moliyaviy nazorat qilib borish, subsidiyalar yoki davlat kreditlari ajratish, turli imtiyoz va preferensiyalar (xususan, soliq imtiyozlari) berish, yirik loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, iste’molchi sifatida davlat xaridini amalga oshirish, davlat qimmatli qog‘ozlarini korporativ tuzilmalar o‘rtasida joylashtirish kabi holatlarda namoyon bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |