Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Moliyaviy bozorda korporativ tuzilmalar



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə20/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Moliyaviy bozorda korporativ tuzilmalar
Reja:
  1. Moliya bozorining faoliyat xususiyatlari va yо‘nalishlari.


  2. Moliya bozorining korporativ tuzilmalar faoliyatidagi ahamiyati.


  3. Moliyaviy bozorda korporativ qimmatli qoozlarning qiymatini belgilovchi omillar.


  4. Moliyaviy bozor davlat tomonidan tartiblashtiruvchi obyekt sifatida.


1-savol bayoni. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslardan uzluksiz foydalanish, ularni samarali investitsiyalash va maqsadga muvofiq yо‘naltirish muhim ahamiyatga ega va bu moliyaviy bozor orqali ta’minlanadi. Moliyaviy bozor aholi va xо‘jalik subyektlarining vaqtincha bо‘sh mablag‘larini yig‘ish va ularni samarali joylashtirishda pul mablag‘larini egalari (jamg‘aruvchilar) va ulardan foydalanuvchilar (investorlar) о‘rtasida vositachilik qiladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning sо‘ngi bosqichi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda yangi bosqich bо‘ldi. Endilikda qimmatli qog‘ozlar bozoriga alohida e’tibor berila boshlandi. Jumladan fond birjasi, ya’ni qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori tashkil qilindi. Fond bozori infrastrukturasini jadal sur’atlar bilan tashkil qilish maqsadida investitsiya kompaniyalari va fondlari, kliring palatalari va fond dо‘konlari, reklama firmalari va XIFlar (xususiy investitsiya fondlari) shakllantirildi.
Chunki, qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi natijasida pulning aylanishi tezlashadi va uning qadrsizlanish jarayoni sekinlashadi, qimmatli qog‘ozlar egalarini daromadli qilishga va ularning mulkdorlarga aylantirishga zamin yaratiladi, investorlar va aholining vaqtinchalik bо‘sh pul mablag‘laridan samarali foydalanishga erishiladi. Shuning uchun qimmatli qog‘ozlar va uning bozori mamlakat iqtisodiyotida muhim rol uynashini batafsil bayon qilish, u bо‘yicha daromadlar olishni о‘rgatish va rivojlangan davlatlar fond birjalari bilan tanishtirish ushbu kursning eng muhim vazifasidir.

1-chizma. Moliya bozori subyektlari

Butun tarixiy taraqqiyot iqtisodiyotni dastlabki elementlarini paydo bо‘lishidan tortib to hozirgi tezkor axborotlarga ega bо‘lgan fond bozorlari, yukori texnologiyali birjalar xolatigacha bо‘lgan davrni о‘z ortida qoldirdi. Iqtisodiyot rivojlanib borgani sari moliya bozori zarurat sifatida yuzaga keldi. Hozirgi kunda iqtisodiyotni moliya bozorisiz tasavvur etib bо‘lmaydi, ya’ni moliya bozori iqtisodiyotni borgan sari qamrab boryapti.

Moliya bozorining amal qilishiga obyektiv shart-sharoit bо‘lib, subyektlarning moliyaviy resurslarga bо‘lgan extiyojini qondirish manbalarning mos kelmasligi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, xalq xо‘jaligida ayrim korxona, birlashmalar yoki xо‘jalik subyektlarida ortiqcha pul mablag‘lari bо‘lgani xolda boshqa bir subyektlarda bu mablag‘larga muxtojlik mavjud bо‘ladi. Moliyaviy bozor ana shu vaqtincha bо‘sh mablag‘larni yig‘ish va ularni samarali joylashtirishda pul mablag‘larini egalari (jamg‘aruvchilar) va ulardan foydalanuvchilar (investorlar) о‘rtasida vositachilik qiladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin