1. Nizo tabiati, nizo turlari. Nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal etish strategiyasi



Yüklə 4,53 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü4,53 Kb.
#208737
1. Nizo tabiati, nizo turlari. Nizo jarayoni dinamikasi, nizoni -fayllar.org


1. Nizo tabiati, nizo turlari. Nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal etish strategiyasi

REJA
1. Nizo tabiati, nizo turlari.


2. Nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal etish strategiyasi.
3. Nizolarni oldini olish choralari-pedagogik va ma’muriy choralar.“Sen-Men” ma’lumotnomasi.

4. Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari.


Nizo tabiati. Odatda, nizo deb, qarama-qarshi yo’nalgan qarashlarga, noxush hissiy kechinmalar bilan bog’liq guruhlararo yoki shaxslararo munosabatlar orkali ifodalanuvchi to’qnashuvlarga aytiladi.
Nizo natijasidagi salbiy xolatlar shaxsning hissiyoti, hattiharakatlari, tafakkur va hatto xarakterida ma’lum o’zgarishlar sodir etadi. Bu o’zgarishlar shaxsning xulq-atvorida namoyon bo’lib, mazkur sub’ekt qatnashayotgan boshqa vaziyatlarga ham tarqaladi va o’zaro munosabatlarning keng sohalarini egallay boshlaydi. Masalan, qo’rquv va xavf muhitida tarbiyalangan odam keyinchalik xuddi shunday muhitning manbaiga aylanishi ehtimoldan holi emas.
Nizo turlari :
1.Shaxsiy
2.Shaxslararo
3.Ijtimoiy
4.Shaxs bilan guruh o’rtasida
5.Guruhlararo
Konstruktiv nizolar, dastavval, mehnat faoliyatidan kelib chiquvchi printsipial muammolar yuzasidan paydo bo’ladi. Konstruktiv nizo doimo ziddiyat manbaini aniqlash va uni iloji boricha tomonlar manfaati yo’lida o’zgartirishga qaratilgan.
Destruktiv nizo salbiy kuchga ega va guruh ishining samaradorligini susaytiradi. Destruktiv nizoda esa tomonlar ikkinchi darajali masalalarni, masalan shaxsiy g’ururlarini diqqat markaziga qo’yadilar va nizoning asl sababi chetda qolib ketadi. SHu bois, konstruktiv nizolar funksional mohiyatga ega va ular tashkilotning olg’a siljishiga madad beradi.

Nizo jarayonining dinamikasi. Nizolarni hal etish ularning ichki qonuniyatlarini aniqlash va tahlil etish zaruratini qo’yadi. O’zaro ziddiyatlarning yuzaga kelish va rivojlanish xususiyatini bilgan holdagina unga aralashish va demak boshqarish imkoniyatini topish mumkin. Bu masala nizo rivojlanishidagi quyidagi bosqichlarni farqlash zaruratini qo’yadi:
1. O’rtadagi mavjud ziddiyatni anglash;
2. Nizoli vaziyatni anglash;
3. Nizoli xatti-harakatni amalga oshirish. Bu bosqichda o’zaro zid yo’nalgan va hissiy ko’rinishga ega bo’lgan harakatlar sodir etiladi;
4. Nizoning tugashi va nizo ishtirokchilari tomonidan bo’lib o’tgan voqeani baholash.
Ko’p hollarda nizoli vaziyatning rivojlanishi o’zga tomonning ayblari va kamchiliklarini fosh etishdan boshlanib o’zaro haqoratgacha o’sib o’tadi. Nizo ishtirokchilarining e’tibori o’zganing shaxsi va hayot uslubi doirasiga qaratiladi. Masalan, «Agar Sen shunday qilmaganingda aynan shu natija bo’lmas edi», «…yana Sen unutib qo’ydingmi…», «Senga necha marta tayinlash kerak bu vazifani…». E’tibor berilsa, nizo keskinlashuvidagi asosiy muloqot shakli o’zga kimsaning shaxsiga va hatto shaxsiyatiga yo’nalganlikdir. Bunday munosabat qurilganda nizoning yanada rivojlanib borishi tabiiy holder.

Shu rivojlanishni to’xtatish va jarayonni ijobiy tomonga burib yuborish usuli ham bor. U ham bo’lsa e’tiborni o’zgaga emas, balki o’z ichki kechinmalariga qaratishdan iboratdir. Masalan, gap egasidagi «Sen» o’rniga «Men» iborasi bilan bog’liq bo’lgan jarayonga ko’chish – «Kitobimni olib kelmaganing oqibatida men juda noqulay ahvolga tushib qoldim, axir bugun darsga tayyorlanmoqchi edim». «Seni 1 soat poylab turib ichimda turli hislar o’tdi, biron narsa bo’lib qolmadimikan, deb ko’p xavotirlandim…», «Bu vazifani Senga bir necha marta eslatish men uchun juda noqulay, xuddi iltimoslarim javobsiz qolayotanday his etyapman o’zimni».


http://fayllar.org
Yüklə 4,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin