Hozirgi vaqtda mulkchilik shakliga ko‘ra davlat, munitsipial, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo‘lib, ular o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan mulk tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko‘ra ham tasniflanadi.
Xo‘jalik faoliyati yurituvchi har bir subekt bir qator huquqlarga ega bo‘lib, bular bir tomondan. ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o‘zaro munosabatlarini amalga oshirishda ko‘zga tashlanadi.
Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko‘rinishida ularning egalari, ya’ni xususiy mulk egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo‘ladilar. Masalan. ochiq turdagi hissadorlik jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish huquqiga egalar hamda boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishda ham o‘z aksiyalari miqyosida ishtirok etadilar.
Xo‘jalik o‘rtoqliklarida (masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan bo‘lib, korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berilgan.
Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo‘jalik o‘rtoqliklari bo‘lib, ular ishonch asosidagi to‘liq o‘rtoqlik (kommandit o‘rtoqligi) ko‘rinishida tashkil qilinishi mumkin.
Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnoinalar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo‘lgan o‘rtoqliklar-to‘liq o‘rtoqliklar hisoblanadi.
Kommandit o‘rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro xo‘jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo‘ladi.
Jamiyatlarning ko‘pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo‘ladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilib, Nizom jamg‘armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab qo‘yilgan ulushlarga bo‘lingan bo‘ladi.
Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar bo‘lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o‘zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar ko‘rishlari mumkin.