Ilmiy menejmentning shakllanishi va rivojlanishi, qo‘shib olish va birlashishlarning keng avj olishi, dastlabki moliya-sanoat guruhlarining paydo bo‘lishi
Jahon iqtisodiy inqirozi sababli ayrim kompaniyalarning bankrot bo‘lishi va buning oqibatida boshqa kompaniyalarda qulay investitsion imkoniyatlarning yaratilishi
1950-1980
Moliyaviy menejmentning boshqaruv ilmining alohida bir sohasiga aylanishi
Milliy iqtisodiyotlarning jahon xo‘jaligiga qo‘shilishi, yirik investitsiyalar va ularning baholanishini talab qiluvchi ilmiy-texnik taraqqiyot, fond bozorining rivojlanishi, yollanma boshqaruvchilarning paydo bo‘lishi va mulkdorlarning kompaniyalarni operativ boshqarishdan asta-sekinlik bilan uzoqlashishi
Moliyaviy funksiyaning barcha sohani yaxlit bir holga keltirishi. Moliyaviy menejmentning o‘ziga xos konsepsiyalarini yaratilishi
Kompaniyalar faoliyatining globallashuvi, kompaniyaga bozordagi tovar sifatida yondashuv, investorlar kiritilgan kapitalning daromadlilik darajasidan manfaatdorlik (riskka mos rag‘batlantirish)ni kutishi (bu esa moliyaviy menejerlarning asosiy vazifasi hisoblanadi), axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi, minoritar aksionerlar ta’sirining oshishi, aktivlar bozor va balans qiymatining bir-biridan keskin farq qilishi, kompaniya tashkiliy tuzilishidagi o‘zgarishlar
Moliyaviy bozorlarning keskin avj olishi, mulkchilikning hissadorlik shakli rivojlanish bilan ham bevosita bog‘liqdir. Mulkchilikning hissadorlik shakli ma’lum yirik yoki o‘rta biznesda kichik investorlardan tortib, katta investorlargacha ularning kapitallarini konsentratsiyalashuv jarayonini ta’minlaydi. Natijada, ma’lum darajada katta, kichik hajmdagi moliyaviy resurslarga ega bulgan investorlarnin pul mablag‘larini yagona biznes doirasida korporatsiyalar shaklda birlashadi, ular bevosita yagona maqsad doirasida faoliyat yuritadi.
Demak, korporativ moliya moliya tizimida muhim rol o‘ynaydi. Shu bois moliya tizimining mazkur bo‘g‘inini samarali tashkil etish va rivojlantirish aniq prinsiplarga asoslanadi. Ular korporativ tuzilmalarning ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bevosita bog‘liq va ular quyidagilar:
- moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha o‘z-o‘zini tartibga solish;
- o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash va o‘z-o‘zini moliyalashtirish;
- aylanma mablag‘larni shakllantirish manbalarini o‘z va qarz manbalariga ajratish;
- moliyaviy zaxiralar tashkil etish.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha o‘z-o‘zini tartibga solish prinsipimavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish va ilmiy-texnik taraqqiyot bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirishda korxonalarga to‘liq mustaqillik taqdim etilganligini o‘zida ifodalaydi.
Korxonalar ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat)ga talabdan kelib chiqqan holda rivojlanish istiqbollarini belgilaydi va o‘z faoliyatini rejalashtiradi. Tezkor va joriy rejalar asosini xaridorlar bilan tuzilgan mahsulot yetkazib berish va mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan moddiy resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha tuzilgan shartnomalar tashkil etadi. Moliyaviy rejalar biznes rejada ko‘zda tutilgan tadbirlarni pul mablag‘lari bilan ta’minlashga, shuningdek, davlat budjeti bilan hisob-kitoblarni kafolatlashga qaratilgan. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish o‘z moliyaviy resurslari (sof foyda), zarur holatlarda qarz mablag‘lari va boshqa jalb qilinadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.