O‘qituvchining darsdagi pedagogik takti. O‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi ziddiyatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, buning muhim sabablaridan biri -
o‘qituvchining taktsizligidir. Ba’zi o‘qituvchilar "nimaga jim o‘tirolmaysan,
tagingda mix bormi?" kabi ogohlantirishlarni normal holat deb hisoblashadi. Ba’zi
o‘qituvchilar darsga kirib o‘quvchini ko‘chada ko‘rganligi, kim bilan yurganligi va
qanday kiyinganini kesatib aytib beradi. Ba’zan shundan ziddiyatlar boshlanadi.
Nazokat (takt) darsning barcha etaplarida zarur. Ayniqsa, o‘quvchilar bilimini
baholash vaqtida bunga alohida e’tibor berish kerak. Javob berayotgan
o‘quvchining gapni bo‘lib, "hech narsa bilmaysan", "bu gaplar nima kerak?" kabi
so‘zlar bilan ularni to‘xtatish mumkin emas. Ba’zi duduq o‘quvchilar nazokatli
o‘qituvchi darsida yaxshi gapira olsa, taktsiz o‘qituvchi darsida javob berishda
qiynaladilar.
Barcha o‘quvchilar ularning javobini e’tibor va hurmat bilan tinglovchi
o‘qituvchiga javo6 berishni xohlashadi. O‘quvchi gapirayogganda o‘qituvchi uni
quvvatlab, qapashi, mimikasi bilan ma’qullab turishi kerak. Javobni befarq tinglasa
yoki mensimay e’tibor bermasa o‘quvchi shu o‘qituvchiga javob berishdan
qochadi.
Baho qo‘yish vaqti ham muhim. Ba’zan o‘qituvchi avval yaxshi javob
bermagan o‘quvchi yaxshi gapirib qolsa: "Sen meni hayron qoldirding, senga "4"
baho qo‘yishga majburman", - deydi. Aslida, u o‘quvchi muvaffaqiyatidan
mamnun bo‘lishi kerak edi.
Pedagogik takt o‘qituvchi xulqining moslashuvchanligi – taktikani talab
qiladi. CHunki o‘kituvchi bolalar oldida turlicha nazokatni talab etuvchi turli
rollarda chiqadi.
Sinfda o‘kuvchilar darsga tayyor bo‘lmaganda qat’iylik va muomalaning
sovuq bo‘lishi ko‘zatiladi. Sinfdan tashqari ishlarda ko‘ngil ochiqligi, majbur
etmaslik, ayniqsa individual suhbat, sayohatlar, do‘stona aloqa, bolalarga ishonch
o‘qituvchi uchun zaruriy holatlar.
Muloqotda taktni tanlash rolli holatlardan foydalanish ko‘nikmasi bilan
bog‘lik. Bunda 4 ta holat bor:
• yuqoridan qurilgan holat;
• pastdan qurilgan holat;
• yonma - yon holat;
• aralash holati.
YUqoridan
o‘rnatilgan
holatda
o‘qituvchi
o‘zining mustaqilligini,
javobgarligini o‘z ustiga olishini, hech kim bilan hisoblashmasligini ko‘rsatadi. Bu
holat "Ota - ona" holati deyiladi.
Pastdan o‘rnatilgan holatda bo‘ysunuvchan, o‘ziga ishonmaydigan shaxs
namoyon bo‘ladi. Bu "Bolalar" holati deyiladi.
YOnma - yon qurilgan holat sharoitni hisobga olish, boshqalar qiziqishini
tushunish, javobgarlikni o‘zi va bolalar o‘rtasida teng bo‘lish kabilarda ko‘rinadi.
Bu "Katta kishi" holati deyiladi. Bunda o‘qituvchi, "Men sizlar bilan
maslahatlashmoqchiman" yoki "birgalikda o‘ylab ko‘raylik" usulida ish ko‘radi.
Ba’zan o‘qituvchi passivlik holatini ko‘rsatadi. Masalan "doskada adashadi",
o‘quvchilar esa katta quvonch bilan uni to‘g‘rilashadi. Bu holat o‘quvchi
mustaqilligini ko‘rsatishiga kengrok imkoniyat beradi. Umuman bu holatlarda
o‘qituvchi o‘quvchilar bilan rol almashib turadi.
3. Pedagogik nazokatni egallash sharoitlari. Pedagogik nazokat pedagog
mahorat bilan 6irga tarbiyalanadi va egallanadi. O‘qituvchining ma’naviy etO‘qlik
darajasi, bolalar bilan muloqot ko‘nikmalarini hosil qilishi uchun maxsus
bilimlarni egallashida o‘z ustida ishlash natijasida erishadi.
Avvalo, bu bilimlar yosh psixologiyasini va bolalarning individual
xususiyatlarini bilish bilan bog‘lik.
Axloq asoslarini bilish, xatti - haraktlardagi axlokiy ma’noni ko‘rish ham
katta ahamiyatta egadir. SHu bilan birga, o‘quvchiga ta’sir etish yullarini bilish
ular qobiliyatiga aylanishi lozim:
bolalarni sevish, o‘z muhabbatini ko‘rsatish;
bolalar xulqidagi nozikliklarni ko‘rish va
ko‘zatish; sharoitta moslashish;
hamkorlikning maqsadga muvofiq yulini
tanlash; bolalar bilan suxbat.
To‘g‘ri muloqot uslubini tanlashda o‘zini boshqara olish, adolatlilik,
boshqalar tajribasiga ijobiy yondashuv, pedagogik texnikani rivojlantirish, hazil -
mutoyibaga moyillik ham katta ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchi bolalarni hurmat
qilishi va o‘z qadrini saqlashi muhimdir.
Pedagogik faoliyatda turli konfliktlar, pedagogik vaziyatlar uchrab turadi.
SHuning uchun yosh pedagoglar yuqoridagi qoidalarni bilishi lozim.
Pedagogika o‘z usullarini yo‘q narsadan yaratmaydi, ularni o‘ylab topmaydi. U
hayotdan kishilar hulq-atvorining real omillarini, bolalar hayotini pedagogik jihatdan
maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish vazifalariga javob beradiganlarini tanlab oladi,
tarbiyaviy ishda pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari sifatida foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |