Birinchi omil — kimdan talab kilinsa, o‘shaning talab qiluvchiga bo‘lgan
munosabatidir. Ikkinchi omil —bu tarbiyalanuvchining pedagog rag‘batlantiradigan
faoliyatga munosabatidir. Umuman olganda bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf va
salbiy munosabatlar deb ta’riflaymiz, holbO‘qi amalda bu munosabatlarning juda
ko‘pdan-ko‘p ko‘rinishlari ham bo‘lishi mumkin.
Endi talab shakllariga to‘xtalib o‘tamiz. Talab to‘ppa-to‘g‘ri bo‘lishi mumkin,
bunda o‘qituvchining murojaati «SHunday va faqat shunday qil» formulasi buyicha
kat’iy, dadil oxangda ifodalangan aniq ayon ko‘rsatmaga ega bo‘ladi. Bunday holda
bolalarga harakatga undovchi omil talabning o‘zi hisoblanadi.
To‘ppa-to‘g‘ri talab jamoa bilan ishlashning birinchi bosqichida ayniqsa
ta’sirchan bo‘ladi. Buni bir adib ko‘rsatib o‘tgan edi: «Samimiy, oshkora, ishonarli,
qizg‘in va qat’iy talab bo‘lmasa, jamoani tarbiyalashni boshlab bo‘lmaydi, binobarin,
kimda-kim ikkilanuvchilardan, berilgan vadalarni shuvab ketuvchilardan ish
boshlashni uylasa, u xato qilgan bo‘ladi».
Pedagog bolalar uchun yangi bo‘lgan faoliyatni tashkil etayotgan joyda ham
to‘ppa-to‘g‘ri talab zarurdir. Bu erda to‘ppa-to‘g‘ri talabning ta’limning boshlang‘ich
metodi bo‘lgan yo‘l-yuriq berishga o‘xshab ketishi o‘ziga e’tiborni jalb qiladi. SHuni
ham aytib o‘tamizki, to‘ppa-to‘g‘ri talab ko‘pincha o‘quvchining pedagogga yoki u
boshlagan faoliyatga betaraf munosabatda bo‘lishi sharoitida ishlatiladi. Bunday
vaziyatda to‘ppa-to‘g‘ri, bevosita talabning quyidagi qoidalariga rioya qilish ayniqsa
muhimdir.
|