Kuzatish metodi kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar “kundalik”ka qayd etiladi, bolaning rivojlanishini kuzatish borasida maxsus dastur va reja tuziladi.Eksperiment metodi amaliy empirik tadqiqotlarga asoslanadi. Tabiiy eksperiment aynan bolalar psixologiyasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan (A.F.Lazurskiy). Test metodi ham keng muhokamaga qo‘yildi va boshqa metodlarni ham ishlab chiqila boshladi. Bolalarning psixologik xususiyatlari haqida ularning chizgan rasmlari orqali ega bo‘lish imkonini berdi.
Bu davrning asosiy tadqiqotlari yo‘nalishlari – har tomonlama yetuk va barkamol shaxsni shakllanish bosqichlari va mutaxassislarni o‘qitish tizimini takomillashtirishdan iborat eti.
XIX – XX asrlarda yosh psixologiyasi haqida olingan qisqacha ma’lumotlardan shuni anglash mumkinki, rus psixologiyasida rivojlanish muammosiga ilmiy va ijtimoiy tarafdan kuchli qiziqish mavjud bo‘lgan.
Determinantlar muammosi dastlab falsafa fanida ilgari surilgan. Psixologik rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch sifatida asosan ikki omil: biologik (ichki, tabiiy, genetik) va ijtimoiy (tashqi, madaniy, atrof - muhit) omillar muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy tarzda rivojlanishning tabiiy (nasliy) va muhit (ta’lim – tarbiya) ta’siridagi turlari ajratib ko‘rsatiladi.
Tabiiy yondashuv – nativizm – J.J. Russo (1712 - 1778) nomi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, rivojlanishning tabiiy qonuniyatlari mavjud va bolalarga kattalar tomonidan ta’sir ko‘rsatilsa bas. Biologiyada biogenetik dasturni kengaytirishga qaratilgan preformizm deb ataluvchi biologik yo‘nalish mavjud edi. Preformizmda inson organizmiga “biologik matryoshka” sifatida qaraladi. Ya’ni inson organizmi keyingi avlodni dunyoga keltiruvchi mexanizm, shuning uchun, hech qanday yangilanishlar ham, o‘zgarishlar ham, evolyutsiya ham sodir bo‘lmaydi. Psixologiyada nativist – preformistlar ko‘nikma va malakalar inson organizmi tuzilishiga kiradi, xususan, nasliylik – belgilovchi va asosiy faktordir.
Ingliz faylasufi Dj. Lokk (1632 – 1704) yangi tug‘ilgan chaqaloqni tabula rasa (toza yozuv tahtasi) ga qiyoslaydi hamda o‘rgatish va hayotiy tajribani inson rivojlanishining asosiy sharti sifatida belgilaydi. Biologiyada davomiy yangilanishlar paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonini epigenez deb nomlaydilar. Falsafada va psixologiyada bu yo‘nalishlarni empirizm va sensualizm deb nomlaganlar.
Xulosa
Zamonaviy psixologiyada tadqiqotchilar rivojlanish jarayonini tavsiflashga urindilar. Aksariyat hollarda metafora sifatida K. Uoddingt tomonidan taklif etilgan “epigenetik landshaft” iborasi qo‘llanilardi. Unga ko‘ra, rivojlanib boruvchi organizm tepalikdan pastga qarab dumalab ketayotgan va chuqurlikka tushib, undan chiqib ketishi qiyin bo‘lgan dumaloq sharga o‘xshatiladi. Rivojlanishning asosiy tamoyili, egallanishi lozim bo‘lgan natija turli usullar va yo‘llar bilan erishilishi mumkin1.
Bolaning psixologik rivojlanishiga o‘zgacha yondashuvni L.S. Vigotskiy taklif etgan. Uning fikricha, bola rivojlanishini preformlanmagan ya’ni nasliy dasturdan tashqari bo‘lgan rivojlanish shaklidek qarash lozim. Yosh psixologiya alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va karor topish yuli ancha murakkab kechgandir.