2§. Pedagogik texnologiya turlari
Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi
Uzluksiz ta’lim turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo`shimcha ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik texnologiyalariga bo`linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo`yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.
Hozirda mavjud bo`lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib o`tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo`lib, u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya’ni quyida keltiriladigan turlarigagina xos bo`lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi.
Bilish faoliyatini boshqarish bo`yicha pedagogik texnologiyalar turlari:
Klassik ma’ruza;
Texnika vositalari yordamida o`qitish;
Maslahatchilik tizimi;
Darslik bo`yicha o`qitish;
Kichik guruhlar tizimi;
Kompyuter yordamida o`qitish
Repetitorlik tizimi;
Dasturlashtiriladigan boshqaruv.
Ta’lim oluvchiga yondashuv turi bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagicha nomlanadi:
Avtoritar;
Didaktik yo`naltirilgan;
Ijtimoiy yo`naltirilgan;
Antropologik yo`naltirilgan;
Pedagogik yo`naltirilgan;
Shaxsga yo`naltirilgan;
Insonparvarlikka va shaxsga yo`naltirilgan;
Hamkorlik texnologiyalariga yo`naltirilgan;
Erkin tarbiyaga yo`naltirilgan;
Ezoterik ta’lim va tarbiyaga yo`naltirilgan.
Qo`laniladigan asosiy metod bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:
Dogmatik, reproduktiv metod ;
Tushuntirish, ko`rgazmali;
Rivojlantiruvchi ta’lim;
Muammoli, izlanishli;
Ijodiy metod;
Dasturlashtirilgan ta’lim metodi ;
Dialogli metod;
O`yin metodi ;
O`z-o`zini rivojlantiruvchi ta’lim metodi;
Axborotli ( kompyuterli) ta’lim metodi
Tashkiliy shakllariga ko`ra pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga bo`linadi:
Hozirgi an’anaviy ta’lim;
Shaxsga yo`naltirilgan pedagogik jarayon asosidagi pedagogik texnologiyalar;
O`quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar;
O`quv jarayonini boshqarish va tashkil qilish samaradorligi asosidagi pedagogik texnologiyalar;
Materialni didaktik takomillashtirish va rekonstruksiyalash asosidagi pedagogik texnologiyalar;
Xususiy fanlar pedagogik texnologiyalari;
Alternativ texnologiyalar;
Tabiatga moslashtirilgan texnologiyalar;
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalri;
Mualliflik maktablari pedagogik texnologiyalari;
Texnologiyalarni loyihalash va o`zlashtirish texnologiyalari.
Bundan tashqari shaxsning xususiyat va sifatlari tarkibiga yo`naltirilganlik bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:
Fanlar bo`yicha bilim, ko`nikmalarni shakllantirishga yo`naltirilgan –axborot texnologiyalar;
Aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga yo`naltirilgan –operatsion texnologiyalari;
Estetik va axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirishga yo`naltirilgan emotsional-badiiy va emotsional axloqiy texnologiyalar;
Shaxsning o`z-o`zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo`naltirilgan o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyalari;
Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan –evristik texnologiyalar;
Amaliy faoliyat sohasini rivojlantirishga yo`naltirilgan amaliy texnologiyalar.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi belgilariga ko`ra tasnif qilinadi:
Qo`llash darajasiga ko`ra;
Falsafiy asosiga ko`ra;
Asosiy rivojlantiruvchi omiliga bo`yicha;
O`zlashtirish konsepsiyasi bo`yicha;
Shaxsiy belgi-sifatlariga ko`ra yo`nalganligi bo`yicha;
Mazmun xususiyatlari bo`yicha ;
Boshqaruv turiga bo`yicha;
Bolaga yondashuv bo`yicha;
Ko`p qo`llanilgan metodlari bo`yicha;
Ta’lim oluvchilar toifalari bo`yicha.
Dostları ilə paylaş: |