Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
Ta’lim metodlarinig mohiyati va mazmuni.
Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari.
Ta’lim vositalari va ularning vazifalari.
Tayanch tushunchalar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, qoida, intrefaol metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari.
1.Ta’limmetodlari va usullari tushunchalari. Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.