Mavzu: pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə109/124
tarix08.04.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#54931
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   124
MAVZU

Ta’lim metodlari tasnifi:

An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)

O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin).

Didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Esipov):

Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov)

O‘rgatish metodlari

O‘rganish metodlari

Axboriy-ma’lumotli

Ijro etish (bajarish)

Tushuntirishli

Reproduktiv

Ko ’ rgazmali-amaliy

Ijodiy-amaliy

Tushuntirishli-undovchi

Qisman izlanishli

Undovchi

Izlanishli



Yaxlit yondashuv boyicha talim metodlari tasnifi (Yu.K.Babanskiy):

  • Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.

  • O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.

  • O‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari.

  • O‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.

O‘qitishmetodlari (Sruikshank, Bainer & Metcalf)

  1. Ta’limiy o‘yinlar yoki raqobatchilik – raqobat orqali yoki o‘yin orqali qaysi guruh yoki alohida olingan shaxsning boshqalardan ustunroq ekanligini anglashga yordam beradi. Komyuterli o‘yinlar ham juda mashxurdir.

  2. Brainstorming – ijodiy fikrlarni to‘plash uchun o‘tkaziladi,bunda ishtirokchilar tanqid va kesatiqlarsiz muayyan muammo yuzasidan o‘z fikrlarini ochiq oydin bayon etadilar va ushbu muammoning yechimini izlaydilar. Masalan o‘quvchilarga dunyodagi ocharchilik muammosi haqida fikr bildirish vazifa qilib topshirilsa o‘quvchilar o‘z fikr mulohazalarini birin – ketin aytadilar, hamma fikrlar qayd etib olinganidan so‘ng ushbu muammo bilan kurashish usullarining eng maqbul variantlari ko‘rib chiqiladi.

  3. Case studi-Case ta’limi turida 1 ta talaba yoki odatda bir guruh talabalar biror sodir bo‘lgan voqea yoki ma’lum vaziyatni tafsilotini namoyish etadilar. Keyin ular biror bir aniq va to‘g‘ri fikrga kelishdan oldin, shu vaziyatni muhokama va o‘rganish un yig‘ilgan bilim va tushunchalarni amalda qo‘llashlari talab qilinadi. Tehnologiya bilan ta’minlangan case ta’limi odatda tibbiyot ta’limida qo‘l keladi/foydalaniladi. Bunda case ta’limi tibbiyot tarixini va bemorning simptomplari, ko‘pincha ko‘rgazmaviy qurollar, turli holatlar bilan bog‘liq simptomplar haqidagi ma’lumot va mutaxassining ishi haqidagi turli xil fikrlar bog‘liqligi to‘g‘risidagi resurslarni o‘z ichiga oladi. Talabalar esa ma’lum bir fikrga kelishdan oldin hamma berilgan ma’lumot va fikrlar ko‘rib chiqib muhokama qiladilar.

Bir qator omillar yaxshilab tushunilib qaralsa, va ma’lum bir vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilinsa, case ta’limining juda ko‘plab sohalarda foydasi katta. Chunki case ta’limi talabalarda ko‘p va kerakli resurslardan foydalanishni talab qiladi, bu guruhli yoki masofadan o‘qitish muhitiga o‘rganish imkoniyatini yaratuvchi eng yaxshi yo‘nalish hisoblanadi, keyin esa talabalarga mavzu bilan shug‘ullanishalari uchun dastlabki imkoniyatlar beriladi. O‘qituvchi doim ham hamma kerakli ma’lumotni o‘zlari yaratishlari shart emas, chunki har qanday sohadagi eng sara ma’lumotlar internet saytlarida allaqachon joylashtirilgan. Bu dagani o‘qituvchi shu berilgan vazifa bo‘yicha tushuncha va savollarni berishi keyin esa sayt manzilalrini berib va shu orqali atrofda va berilgan vaziyatlarda nima sodir bo‘lganligi, asosiy tushunchalar, boshqa o‘xshash misollar va kerakli izohlar orqali ma’lumot olishlari mumkin. Bundan tashqari,talabalar uchun bebaho bo‘lgan har qanday holatdagi turli muloqotlar talab qilinishi mumkin.

  1. Qiziqishlar markazi – muayyan bir mavzuga tegishli turli kolleksiya va ekspozitsiyalar orqali o‘quvchilarni qiziqishlarini orttirishga hizmat qiladi. Masalan o‘quvchilarga o‘zlarining etnik eklib chiqishlarini izohlovchi turli materiallar, oila shajarasining rasmlarini maktabga olib kelish va uni sinfdoshlariga so‘zlab berish vazifasi topshiriladi. Bu metod orqali o‘quvchilarning dunyo millatlarini kelib chiqishini o‘rganishga qiziqishlari ortadi va o‘zga madaniyat namoyondalarini hurmat qilishgao‘rgatiladi

  2. Colliqua –sinfdagilarning qiziqishlaridan kelib chiqib sinfga taklif qilingan mehmonlar o‘z faoliyatlari va kasblari haqida so‘zlab beradilar. Masalan sinfga taklif qilingan sozanda o‘z kasbi va faoliyati haqida o‘quvchilarga ma’lumot berishi, jonli ijro orqali esa o‘quvchilarda musiqaga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalashi mumkin.

  3. Hamkorlikda o‘qitish- yuklatilgan vazifa va muammolarni bir guruh bo‘lib hal etishga o‘rgatadi.

  4. Ommaviy madaniyat tazyiqi (culture jumming)- ommaviy axborot vositalari umuman ommaga qarshi tura olishga va turli stereotiplarni yengishga o‘rgatadi.

  5. Debat – muayyan mavzu yoki muammoli vaziyatga turli nuqtai nazarlar bilan yondoshish va o‘z fikrini omma oldida himoya qilishga o‘rgatadi.

  6. Debrifing – muayyan tajriba yoki sinovdan so‘ng o‘z hissiy kechinmalari va intelektual zaxiralari bilan almashinishdan iborat bo‘ladi.

  7. Demonstartsiya – muayyan jarayon yoki qurilmani sihlash va faoliyat yuritishini ko‘rsatish ya’ni namoyish qilishdir.

  8. Kashfiyot yoki tadqiqotchilik – muayyan vaziyat yoki holatga nisbatan yangilik yoki o‘z nuqtai nazarni ilgari surishni taqazo etadi.

  9. Diskussiya –muayyan mavzu, vaziyat yoki holatni muhokama qilish.6



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin