Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin:
faoliyat sub’yektiga ko‘ra;
faoliyat ob’yektiga ko‘ra;
o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra;
o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra.
Faoliyat sub’yekti bo‘yicha ta’lim vositalari o‘rgatish va o‘rganishga bo‘linadi.
O‘rgatish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar o‘qituvchi toionidan mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi.
O‘rganish vositalari. Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday vositalar o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarni egallash uchun qo‘llaniladi.
Didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchi uchun xosligiga qarab, ikkiga bo‘linadi. Birinchisiga ko‘ra, narsalar o‘qituvchi tomonidan ta’limning maqsadlarini samarali realizatsiyalash uchun qo‘llanilsa, ikkinchisi - bu o‘quvchilarning individual vositalari, darsliklar, daftarlar. Bundan tashqari didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyat turiga ko‘ra sport qurollari, botanika va geografiya maydonchasi, kompyuterlarga ham bo‘ linadi.