14-modda. Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, boʻsh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yoʻnalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sogʻlomlashtirish muassasalari kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |