Mavzu: Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Reja: Kirish. Asosiy qism



Yüklə 38,48 Kb.
səhifə6/15
tarix12.04.2022
ölçüsü38,48 Kb.
#55197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Qiyosiy P.Mustaqil ish Sh.Dilora

Statistika metodi ta’limning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarini tahlil qiladi.

Statistik metod tavsiflash metodi bilan uzviy bog’langan statistik axborot berish bilan cheklanmaydi balki maorif sistemasiga va quyidagi pedagogik hodisalarga daxldor raqam va ma’lumotlarni tahlil qilish va baholashni ko’zda tutadi.

Bolalarni o’qishga jalb qilish, o’qitish bosqichlari bo’yicha o’quvchilarning sinfda qolib borishining oldini olish, sinflarning o’rtacha to’liqligi, o’quvchilarnmg ijtimoiy guruhi, davlat va shaxsiy o’quv yurtlari va ulardagi o’quvchilar soni nisbati, maktab yoshidagi bolalarning maktabdan tashqari tashkilotlarga jalb etilishi va boshqalar.



Tashviqot metod i qator mamlakatlardagi keyingi tahlil va qiyoslash hamda xulosalar chiqarish uchun zarur axborotni jamlashga imkon beradigan pedagogik hodisalarninig tashqi belgilarini tavsiflashda qo’llaniladi.

Tavsiflash metodi xalq maorifini o’quv-tarbiya masalalarining turi va tizimini turli darajadagi o’quv yurtlarining o’quv rejasi va dasturlari, o’qituvchilar tayyorlash va ularning moddiy ahvoli, maktabdan tashqari tarbiya sistemasi bolalar va yoshlar tashkilotlari faoliyatini analiz qilishda qo’llaniladi.

Analitik metodga analiz, sintez, umumlashtirish, induksiya, deduksiya. qiyosiy pedagogikada analiz, sintez, umumlashtirishdek mantiqiy jarayon ko’proq ahamiyatga ega. Barcha pedagogik hodisalarni tadqiq etishda tarixiy, tavsifiy, statistik va sosiologik metodlar yordamida va ular asosida analiz va sintez qo’llanishi umumiy baho berish va qiyosiy tahlil uchun zarur bo’lgan xulosa chiqarishga imkon beradi. Xususan, taraqqiyotning darajasida bir xil bo’lgan mamlakatlar guruhidagi xalq maorifi sistemasining asosiy xususiyatlarini ijtimoiy baholash, pedagogik nazariyalarga xarakteristika berish va ularning musobaqa hamda chet elga sayohat, tanlagan mavzu ustida mustaqil ishlash va yakunida og’zaki yoki yozma imtihondan iboratdir.

Adabiyotlar, arxiv manbalari, pedagogik bosma materiallarning nazariy, qiyosiy-taqqoslovchi va qiyosiy-tarixiy tahlili etarli darajadagi faktik materiallarni qo’llash lozimligini nazarda tutadi. O’rganuvchilar uchun manbalarni tahlil qilish tadqiqot va izlanishlar uchun muhim metod sanaladi. Shunday manbalar sirasiga eng avvalo o’tmish va hozirgi zamon pedagoglarning asarlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, olimlarning tadqiqotlari, arxiv materiallari, statistik ma’lumotlar, o’quv reja va dasturlari kiradi.

Yuqorida sanab o’tilgan istalgan bir metodni qo’llash orqali qiyosiy pedagogikaning bosh metodologik masalasi – qaysi vositalar va qanday shakllarda zamonaviy xorij tajribasini o’z mamlakatimiz ta’lim tizimida qo’llash samarali natija berishi mumkinligini aniqlab beriladi.


Yüklə 38,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin