Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar



Yüklə 23,02 Kb.
səhifə1/2
tarix12.10.2023
ölçüsü23,02 Kb.
#154814
  1   2
1-Amaliy mashg\'ulot


1-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
Reja:
1. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Pedagogika tarixi” fani g‘oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘zaro aloqadorligi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida.
3. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.
4..Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
1.“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Pedagogika tarixi” fani g‘oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘zaro aloqadorligi.
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:
1) milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;
2) pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
3) pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
Pedagoka tarixini o’rganish manbalari:
1) arxeologik yodgorliklar;
2) qo’lyozmalar;
3) xalq og’zaki ijodi;
4) adabiy yodgorliklar;
5) hujjatlar;
6) badiiy adabiyot;
7) memuarlar;
8) Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida.
Prezidentimiz asarlarida g`oyaviy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu ishlarni olib boruvchi kishilarni faollikka chaqiruvchi fikrlar ham mavjud.
O`zbekiston Yoshlar ittifoqi jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo`shgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo`lish tuyg`usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o`rganish va keng targ`ib etishga qaratilgan mazmundor, ta`sirchan loyihalarni amalga oshirishga tashabbus ko`rsatishi nur ustiga nur bo`lur edi. Boy tarixiy ma`naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida O`zbekiston fuqarolarida milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini shakllantirish va yuksaltirish g`oyaviy-mafkuraviy sohada olib borish zarur bo`lgan asosiy vazifadir. Tarixiy ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash va shu asosda milliy g`oya va mafkurani shakllantirish va mustahkamlash masalasiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so`zlagan nutqida ham e`tibor qaratilgan.
Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko`zlangan maqsad - “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat”. Umuman olganda Prezident asarlarida tarixiy ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlar, barkamol insonni tarbiyalash masalalariga katta e`tibor qaratilgan. Bugungi kunda jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa milliy g`oyani shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iborat bo`lib, milliy g`oyani shakllantirishda xalqimizning azaliy an`analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, fuqarolarda kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqal, adolat, ma`rifat tuyg`ularini singdirish masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda.
Milliy g`oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o`z oldiga qo`ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g`oyadir. Milliy g`oya o`z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalqning kelajagini belgilaydi, unga yetishishning o`ziga mos yo`larini tanlab, ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo`nalishlar bilan barcha g`oyaviy tamoyillarni ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo`lgan g`oyalar muhim ahamiyat kasb etib, agar milliy mafkuraning bosh g`oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat bo`lsa, bosh g`oyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqadigan Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil inson, Ijtimoiy hamkorlik, Millatlararo hamjihatlik, Diniy bag`rikenglik kabi g`oyalar ana shunday umummilliy g`oyalar qatoriga kiradi. Muayyan ijtimoiy guruh va qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarni, ijtimoiy-ma`naviy tamoyillarini ifoda etadigan g`oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimiga mafkura deyiladi. Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko`zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo`lida birlashishga chorlaydi. Dunyoviy va diniy g`oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko`tariladi. Bunga insoniyat tarixida o`chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayxon Beruniy, Imom G`azzoliy va Abu Nasr Forobiy singari mutafakkirlar yonma-yon yashab faoliyat ko`rsatgan davr misol bo`la oladi. Ilmiy kashfiyotlar ham milliy g`oya va mafkura rivojiga katta ta`sir o`tkazib, zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika, kibernetika, elektronika, biologiya va tibbiyot, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar odamlar tasavvurini keskin o`zgartirmoqda. Avni vaqtda yuksak ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlar bir tomondan, inson aql-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, ekologik halokatlar, ma`naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlaridan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog`lom g`oya, sog`lom mafkura zarurdir.
Milliy g`oyaning tarixiy ildizlari - xalqimizning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan boy madaniy va ma`naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an`analari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik to`g`risidagi qarashlari, ota-bobolarimizning mustaqillik yo`lida ko`rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda ma`naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo`ladi. Bugungi kunda yurtimiz ko`rkiga-ko`rk bag`ishlab kelayotgan qadimiy obidalar osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an`analaridan dalolat berib, ular Vatammizning shonli tarixi to`g`risida yaqqol tasavvur va tushunchanalarni shakllantiradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g`urur va iftixor tuyg`ularini uyg`otadi. Milliy g`oyani anglash umummaqsad yo`lida birlashish, uyushish, o`zini safarbar etish, hamjihatlik va hamkorlik, totuvlik hamda bag`rikenglik fazilatlari sifatida namoyon bo`ladi.
Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an`analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to`g`risida g`amxo`rlik qilish, ochiq ko`ngillilik, millatidan qat`iy nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo`lish, o`zgalar kulfatiga hamdard bo`lish va o`zaro yordam tuyg`usi kishilar o`rtasidagi munosabatlarning me`yori hisoblanadi. Vatanga mehr-muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma`naviy meros va ma`rifatparvarlik g`oyalariga nisbatan hurmat ehtirom - O`zbekiston aholisiga xos fazilatlardir. Respublikadagi o`ziga xos`demografik vaziyat - g`oyat muhim xususiyatlardan biridir. Respublikamizda aholi va mehnat resurslari yuksak suratlar bilan o`sib bormoqda. Respublikaning yana bir xususiyati - mliliy tarkibining o`ziga xosligidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqeni egallab, shu bilan bir vaqtda respublika hududida o`z madaniyati va an`anasiga ega bo`lgan vuzdan ziyod millat vakillari yashab turibdi. O`zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g`oyat turli-tumanligi milliy o`zligini anglash va ma`naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo`lib xizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi. Milliy g`oya va milliy mafkuraning taraqqiy etishi muayyan qonuniyat asosida amalga oshirilib, yagona maqsadga-Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan barpo etish, erkin va farovon jamiyat qurish uchun xizmat qiladi.
Pedagogika tarixini davrlashtirish muammosi. Pedagogika tarixini davrlashtirishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud. So’nggi yillarda O’zbekistonda pedagogika tarixini o’rganishga doir eng keng tarqalgan davrlashtirish o’zida quyidagi bosqichlarni aks ettiradi:
1) eng qadimgi davrlardan O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar;
2) mustaqillikka erishilgandan to hozirgi kungacha O’zbekistonda pedagogik fikrlar rivoji;
3) jahon pedagogik fikrlari rivoji (eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha).
Biroq pedagogika tarixini insoniyat tarixi bilan bog’liqlikda o’rganish maqsadida quyidagi tarzda davrlashtish maqsadga muvofiq:
1) eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar;
2) VII asrdan XIV asrning birinchi yarmifacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;
3) Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi;
4) XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab;
5) XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji;
6) XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji;
7) XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;
8) 1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji;
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.


Yüklə 23,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin