Mavzu: pedagogning bolalarning ijtimoiylashuvidagi roli



Yüklə 24,03 Kb.
səhifə1/6
tarix22.12.2023
ölçüsü24,03 Kb.
#190339
  1   2   3   4   5   6
12-mavzu Maruza Ijtimoiy


BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI
Savollar.
1.Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam
2.Ta’lim, tarbiya, rivojlantirish vazifalarini hal etishga ijtimoiy pedagogik yondashuv
3.Ijtimoiylashuv omillari haqida tushuncha
MAVZU: PEDAGOGNING BOLALARNING IJTIMOIYLASHUVIDAGI ROLI
REJA:
 1.Ijtimoiylashtirish – bolalar tomonidan guruhda ijtimoiy xulq-atvor meʼyorlarining amalga oshirilishi
2. Odob-axloq –hayotiy me’yorlar sifatida
3. Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati
Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo‘lgan ob‘ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob‘ektiv ehtiyoj -o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo‘ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o‘zaro bog‘liq yo‘nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv (ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv sub‘ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. 
 1.Ijtimoiylashtirish – bolalar tomonidan guruhda ijtimoiy xulq-atvor meʼyorlarining amalga oshirilishi
Ijtimoiylashuv vositalari.Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma‘naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, Shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari-muloqot, o‘yinlar, ma‘naviy-amaliy faoliyat, sport bilan Shug‘ullanish kiradi.
Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan iborat.
Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me’yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umum tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o‘rnatilgan me’yorlar ham eskirib boradi va yangi me’yorlar o‘rnatiladi. Yangi me’yorlarni o‘rnatish jarayoni jamiyatda o‘rnatilgan mavjud me’yorlar doirasini kengaytirish va o‘zgartishdan iboratdir.

Yüklə 24,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin