Bitiruv malakaviy ishining oldiga qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni hal etish belgilandi: - bozor sharoitida tashkilot va personalni boshqarish mohiyatini tadqiq etish; - qurilish tashkilotlarida personalni boshqarish o'rganish; - Zomin tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta‘mirlash foydalanish korxonasi boshqaruv va xo'jalik yuritish faoliyatini tahlil borasida tegishli takliflar ishlab chiqish; - qurilish tashkilotlarida personalni boshqarish takomillashtirish yo'llarini ko'rsatib berish.
Bitiruv malakaviy ishining ob'ekti. Zomin tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta‘mirlash foydalanish korxonasi boshqaruv va xo'jalik yuritish faoliyati hisoblanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar, ilmiy tavsiyalar, uslubiy yondashuvlar va nazariy bilan ifodalanadi. Tadqiqotning ilmiy va amaliy xulosalari Zomin tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta‘mirlash foydalanish korxonasida personalni boshqarishni samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Bitiruv oldi amaliyoti hisobotining ilmiy-uslubiy asoslari. Bitiruv oldi amaliyoti hisobotida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.Karimov asarlari, nutqlari va maqolalaridagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, mamlakat iqtisodida qurilish korxonalari o‘rnini bеlgilash, mohiyatini ochish va korxonada personal bilan ishlashni zamon va xalqaro mеzonlar talabi darajasida tashkil qilishga oid xulosa va tavsiyalaridan muhim manba sifatida foydalanilgan. Bitiruv oldi amaliyoti hisobotida mamlakatimiz va xorijda chop etilgan menejmentga oid adabiyotlar, shu jumladan, iqtisodchi olimlarning personalni 9 boshqarishga oid ilmiy ishlari, tavsiyalari va ularda qo‘llanilgan metodologik tamoyillardan ham foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va tuzilishi.Bitiruv malakaviy ishi tarkibiy jihatdan kirish, uch bob, хulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalardan iborat.