Mavzuning dolzarbligi. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoni personalni boshqarish sohasida ham tub o'zgarishlar qilinishini taqozo etadi. Ma'lumki, korxonalar, tashkilotlar va firmalarning samarali faoliyati unda ishlovchi xodimlar tarkibining qay darajada shakllanganligi bilan belgilanadi. Shu jihatdan, hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon, yuqori salohiyatga ega bo'lgan, ma'naviy yetuk, tadbirkor xodimlarni shakllantirishga erishish har bir korxona va tashkilot oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida, ayniqsa jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi hukm surayotgan bir vaqtda inson resurslarini boshqarishni ilmiy asosda yo'lga qo'yishning ahamiyati beqiyosdir. Ko'p yillik tadqiqotlar hozirgi globallashuv sharoitidaiqtisodiy o'sishning qariyb 80 foizini insonlar, ya'ni: ishchilar, mutaxassislar, xizmatchilar, rahbarlar mehnati, malakasi, izlanuvchanligi, salohiyati tashkil etishini, 20 foizini esaboshqa barcha omillar ta'minlashini ko'rsatdi. Shuning uchun ham har qanday ishlabchiqarish va boshqaruv tizimida inson omili hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Shunday qilib, insonlarni bir jamoa maqsadi uchun mehnatga jalb etish, ma'lum belgilangan maqsadga erishish, qolaversa,o'zaro ishonchli munosabatlarni shakllantirishga har bir shaxsning o'ziga xos dunyoqarashini, xarakter xususiyatlarini alohida o'rganish natijasida, kelgusida yuqori darajadagi samarali Inson resurslarini boshqaruviga erishish mumkin.O'zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish personalni boshqarish tizimining asosiy maqsadini, ya'ni kadrlar bilan ta'minlash, ularning samarali ishlashini, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi, kasbiymahoratning shakllanishiga imkon beradi. Shunga ko'ra, korxona va tashkilot personalini boshqarish tizimi shakllantiriladi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va erkinlashtirish sharoitida qurilish tashkilotlarida personalni boshqarish korxona faoliyati samaradorligini oshirishning nazariy asoslarini tadqiq etish va tadqiqot ob'ekti hisoblangan Zomin tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta‘mirlash foydalanish 8 korxonasi misolida personalni boshqarishni takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.