239
Personal boshqarilishini avtomatlashtirish vazifalarini
amalga oshirishga qaratilgan
kompleks avtomatlashtirish
va kompyuterlash tizimi quyidagicha (4.1-chizma) bo‘lishi
mumkin. Mazkur tizimga ko‘ra, avtomatlashtirilgan ish joylari
shaxsiy kompyuterlardan foydalanilgan holda tashkil etiladi.
Bugungi kun amaliyotida personalni boshqarishning
zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimi odatda 3 ta:
«Shtatlar
jadvali», «Xodimlarni hisobga olish», «Ish haqini hisoblab
chiqish»
modullaridan iboratdir. So‘nggi vaqtda esa, ular
nomzodlarni tanlash va xodimlarni attestatsiya qilish,
kadrlar
bo‘yicha qarorlar qabul qilish, personal boshqarilishini axborot-
tahliliy qo‘llab-quvvatlash tizimlari bilan to‘ldirilmoqda.
Mazkur tizimlardan foydalanilgan holda
quyidagi natijalarga
erishish mumkin.
—
buyruqlar hamda personalga oid
hujjatlar aylanmasini
qo‘llab-quvvatlash asosida oqilona kadrlar siyosatini o‘tkazish;
—
har qanday korxona va tashkilot tarkibini modellashtirish,
shu jumladan, balans
birliklarini ajratib hisoblash;
—
xodimlarni tezkor hisobga olish, barcha funksiyalari
ijrosini ta’minlash;
—
kadrlar resurslarini rejalashtirish
va belgilangan rejalarni
(kadrlar zaxirasi bilan ishlashdan tortib, personal malakasini
oshirishgacha)
izchil amalga oshirish;
—
ish haqini hisoblab chiqish bo‘yicha barcha operatsiyalarni
bajarish;
—
barcha standart hisobot formalarini to‘ldirish hamda har
qanday
boshqa hisobotlarni tayyorlash;
—
korxona va tashkilotdagi boshqa dasturiy tizimlar bilan
integratsiyalash imkoniyati;
—
yuqori tashkilotlar davlat organlari
uchun hisobotlarni
shakllantirish.
Mazkur tizimning funksional chizmasi quyidagicha ko‘ri-
nishda (4.2-chizma) bo‘lishi mumkin.