101
mo‘ljallangan natijalarga erishishni ta’minlovchi vosita bo‘lib,
xodimning mas’uliyati va manfaatdorligini amalga oshirishga
imkoniyat tug‘diradi.
Personalni rivojlantirish zarurati o‘z vaqtida olingan bilimlar,
egallangan ko‘nikmalar eskirib qolishi jarayoni g‘oyat tezlashib
ketganligi bilan bog‘liqdir. Ilm-fan yutuqlari, yangiliklardan
muttasil xabardor bo‘lish, davr bilan baravar qadam tashlashga
intiladigan har bir mutaxassis qayta tayyorlash yoki malaka
oshirish kursini tugallashi bilan amalda yana o‘qishni boshlashi
talab etilmoqda. Bilimlarning bu darajada jadallik bilan eskirib
borayotganligi korxonalarni uzluksiz zamonaviy taraqqiyotdan
ortda qolmaslik uchun harakat qiladigan, ya’ni xodimlarini
muntazam o‘qitadigan korxona sifatida faoliyat ko‘rsatishi
hayotiy zaruratga aylandi, (1.21-chizma).
1.21-chizma.
Dostları ilə paylaş: