Mavzu: Plauntoifa bo`limi Lycopodi o phyta



Yüklə 47,78 Kb.
səhifə4/6
tarix13.05.2022
ölçüsü47,78 Kb.
#57834
1   2   3   4   5   6
Mavzu Plauntoifa bo`limi Lycopodi o phyta

2. Polushniksimonlar ajdodi –Isoetopsida. Bu ajdodga mansub o`simliklarning poyasi ikkilamchi yo`g’onlashish hususiyatiga ega bo`lgan daraxt va o`t o`simliklardir. Gametofiti bir uyli ayrim jinsli, har xil sporalar hosil qiladigan o`simliklar. Ajdod 3 ta qabilaga bo`linadi: 

1. Selaginellanamolar qabilasi- Selaginellales. Bu qabilani 700 ga yaqin turi mavjud. Ularning muhim belgisi har-xil sporalilik ya`ni mego va mikrosporalar hosil qiladi. Megasporangiyda 4 tagacha, mikrosporangida bir nechtagacha sporalar hosil bo`ladi. Etilgan sporalardan ayrim jinsli gametofit vujudga keladi. Selagnnelalar tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. 

2. Polushniknamolar qabilasi- Isoetales.

Bu qabilaga qazilma holda uchrovchi va hozirda yashayotgan polushniklar kiradi. Qabilaning bitta oila va unga bitta turkum kiradi. Turkum ( Isoetes ) 70 ga yaqin turni o`z ichiga olib, ularning ko`pchiligi SHimoliy Amerikada tarqalgan. Vakil: Isoetes lacustris hisoblanadi. Bu o`simlik uncha chuqurmas suv xavzalarining tubida o`sadigan ko`p yillik o`simlik. Bularning ham sporalari har xil. Bo`yi 8-25 sm. Barglari qisqargan poyaga asosi bilan birikkan, asos qismi kengroq bo`lib, Yuqoriga borgan sari torayib ingichkalashib begizsimon tuzilishiga ega bo`lgan. Sporangiyalari bargning asos qismini ichki tomonida joylashgan. Polushniklar Mezozoy erasida paydo bo`lgan bir muncha sodda tuzilgan o`simliklar hisoblanadi.

3. Lepidodendronnamolar qabilasi-Lepidodendrales. Bular faqat qazilma holda uchraydigan Devon davrida yashagan, bo`yi 30-40 m ga etadigan daraxt o`simliklardir. Tana va ildizlarida kambiyni bo`lishi, ularning yo`g’onlashiga olib kelgan. Tanasi to`g’ri bo`lib, dixotolik shoxlangan. SHoxlari mayda barglar bilan qoplangan. Bularga Lepidondron va Sigillariyalar misol bo`la oladi.

3. Kelib chiqishi: Plaunlar kelib chiqishi bo`yicha Riniyasimonlarga borib taqaladi. Ular Poliozoy erasidan boshlab taraqqiy etgan, mikrofiliya yo`nalishidagi (mayda bargli) o`simliklardir. Plaunlar evolYutsiyasi bo`yicha tupik hisoblanadi.

4. Ahamiyati: Plaunlar chorva mollari uchun ozuqa hususiyati unchalik emas, lekin ularning boshoqlaridagi etilgan sporalaridan yosh go`daklar uchun, presipkalar tayyorlanadi, metallurgiyada qoliplarni qumlash uchun ishltiladi . 

Psilottoifa bo`limi - Psilophyta

Bu bo`lim birgina Psilotsimonlar ajdodidan tarkib topgan. Bular bizning davrgacha etib kelgan «Relikt» o`simliklar hisoblanadi. Ajdod bitta oila, ikkita turkumdan iborat:




Yüklə 47,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin