Mavzu: Plauntoifa bo`limi Lycopodi o phyta



Yüklə 47,78 Kb.
səhifə3/6
tarix13.05.2022
ölçüsü47,78 Kb.
#57834
1   2   3   4   5   6
Mavzu Plauntoifa bo`limi Lycopodi o phyta

Plaunsimonlar ajdodi - Lycopodiopsida 


  • Polushniksimonlar ajdodi – Isoetopsida 


    1. Plaunsimonlar ajdodi. Bu ajdodga mansub o`simliklarning hammasi o`tsimon bo`lib, ularni rivojlangan va keng tarqalgan davri Devonga to`g’ri keladi. Ularning qoldiqlari toshko`mir konlarini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ajdodning o`ziga xos hususiyatlaridan biri, bu teng sporalilikdir. Gametofit ikki jinsli bo`lib tuproq ostida rivojlanadi. Ajdod quyidagi qabilalarga bo`linadi : 


    1. Asteroksilonnamalar qabilasi – Asteroxylonales. 

    Bular plaunlar orasida eng qadimgi va soddasi hisoblanadi. Asteroksilonlar dastlab riniyatoifalar bo`limiga taalluqli deb qarab kelingan. Ammo ularni mayda bigizsimon barglarini bo`lishi, poyaning ichki tuzilishi sifonostel tipdaligi, ildizga o`xshash o`simtalarni hosil bo`lishi Plaunsimonlarga yaqinligidan darak beradi. Ular bitta oila, ikkita turkumdan iborat. Har ikkala turkum ham bundan 400 mln. yil ilgari ko`rib yo`kolib ketgan. Faqat ularni qoldiqlari devon davrining o`rta qatlamlaridan SHotlandiya, FRG, Xitoy, Avstraliya va boshqa joylardan topilgan.

    2.Protolepidodendronamolar qabilasi – Protolepidodendrales.

    Bular ham qazilma holda uchraydigan o`simliklardir. Ularning qoldiklari devon va silur davrlaridan topilgan. Bu o`simliklarning bo`yi 25-40 smga etadigan o`tlar bo`lib, barglari poyada ketma-ket joylashgan. Barglari to`kilganda poyada izlar qoldirgan. 




    1. Likopodiumnamolar qabilasi – Lycopodiales. 

    Bu qabila vakillari o`rmonlarda zax va soya joylarda uchraydi. Hozirgi vaqtda ular keng tarqalgan, tanasi to`liq qismlarga ajralgan, ko`p yillik o`t o`simliklardir. Sporalari bir xil, gametofiti tuganaksimon, er ostida yashaydi. Likopodiumlarni 400 ga yaqin turi bo`lib, ular ko`prok tropik mintaqalarda tarqalgan. O`rta Osiyoda uchramaydi. Ularning keng tarqalganlaridan biri likopodium klavatum (Lycopodium clavatum). U erda yotib o`sadi, uzunligi 1-3 m. ga etadi. YUqoriga qarab o`sgan shoxlarining bo`yi 30 sm. ga etib boradi. SHoxlari dixotomik ravishda shoxlangan. Barglari bigizsimon tuzilishga ega. Poyaning ichki tuzilishi kslema, floema, peretsikl, entoderma va epidermadan iborat. 




    Yüklə 47,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin