KIRISH 1.Polshaning iqtisodiy va ijtimoiy geografik o'rni sharoiti va resurslari
2. Polshaning aholisi va mehnat resurslari
3. Polshaning qishloq xo`jaligi
4. Polshaning sanoati
5. Polshaning transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari
XULOSA ADABIYOTLAR RO'YXATI
Kirish Polsha – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 5,1%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 68,3%. Qishloq xoʻjaligi – Mamlakat maydonining 61% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonchilik xoʻjaliklari ustun. Davlat xoʻjaliklari, shir-katlar va qishloq xoʻjaligi toʻgaraklari ham bor. Eng muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari: javdar, bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va boshqa Sabzavot, tamaki, yem-xashak, re-zavor mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachilik salmogʻi katta. Koramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi. Polsha toshkoʻmir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumush qazib olishda, poʻlat eritishda Yevropada oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kumir mamlakat yoqilgʻienergetika balansining asosini tashkil etadi. Toshkoʻmir Yuqori Sileziya, shuningdek, Valbshix va Lyublin havzalarida, qoʻngʻir koʻmir Bogatinda qazib chiqariladi. Elektr styalari, asosan, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik elektr styalarida yiliga oʻrtacha 135,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, ozroq miqdorda neft ham qazib olinadi. Mamlakat ehtiyojlari uchun zarur neftning 90% dan koʻprogʻi chet ellardan sotib olinadi. Neftni qayta ishlash sanoatining asosiy markazlari – Plotsk va Gdansk. Chetdan keltiriladigan temir ruda va mahalliy koks asosida ishlovchi metallurgiya zavodlari (shu jumladan, Krakovdagi metallurgiya kombinati va mashhur "Katovitse" kombinati) Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida joylashgan. Rangli metallurgiya sanoati tarkibida mis (Gloguv, Legnitsa), qoʻrgʻoshin, rux (Katovitse, Bukovno, Myastechko-Slyonske) va alyuminiy (Konin) zavodlari bor. Sanoatning asosiy tarmoqlari boʻlmish mashinasozlik va metall ishlash sanoati xilma-xil mah-sulot ishlab chiqaradi. Kemasozlik (Gdansk, Gdinya, Shchetsin), samo-lyotsozlik (Varshava, Melen, Svidvin), vagon va lokomotivsozlik (Svidnitsa, Zelena Gura, Vrotslav, Poznan, Xshanuv), avtomobilsozlik (Varshava, Staraxovitse, Yelch, Lyublin, Nisa), traktorsozlik (Varshava) rivojlangan. Shaxta va metallurgiya zavodlari uchun texnologiya asbob-uskunalari, quyuv, kimyo, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, bino-korlik materiallari korxonalari uchun komplekt asbob-uskunalar, shuningdek, stanoklar, kema dvigatellari, elektr motorlar, koʻtarma-trans-port vositalari, roʻzgʻor mashinalari va apparatlar, elektron asboblar va boshqa ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatida oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, soda, xlor, plastmassa, sintetik tola, kauchuk ishlab chiqarish korxonalari bor. Asosiy markazlari – Tarnuv, Osvensim, Plotsk, Bidgoshch. Farmatsevtika, fotokimyo, parfyumeriya (Varshava, Lodz, Krakov), rezina, sement, shisha, chinnifayans, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogoz, koʻn-poyabzal, tikuvchilik sanoati mavjud. Toʻqimachilik (ip, zigʻir, jun gazlama, trikotaj), oziq-ovqat (qand-shakar, spirt-araq, goʻsht, yogʻ, baliq, tamaki) sanoat tarmoklari rivojlangan. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Polsha chet ellarga mashinalar, sanoat asbobuskunalari, kemalar, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari, kumir, koks, mis, rux, kora metallar prokati va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, don, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa oladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQSH bilan savdo qiladi.