2 – o’quvchi: – Men qizil rangman. Shunchaki rang emas tomirlarda oqqan toza qonman. Katta – yu kichikni Vatan bayrog’i ostida ahil yashashga, mehnat qilishga, kurashishga chaqiraman
3 – o’quvchi: – Men oq rang bo’laman. O’zim hamoq. Ko’nglim ham oq, ishim ham pok. Shungami, maqtovim ko’proq. Xalqning yurgan yo’li oppoq, pokiza bo’lsin, ravon bo’lsin deb Bayroqdan munosib joy olganman. 4 – o’quvchi: – Yashillik nima degani? Yashillik – yasharish, ertangi kunga ishonch degani. Nonu nasiba, sof havo, sog’lik – salomatlik degani. Men xalqimizga doimo ana shunday ezgulik tilayman. Shunday qilib, bayrog’imizdagi ranglar o’z ramziy sifatlarini aytib bo’lishadi. Ulardan keyin oymoma va yulduzlar tilga kiradilar. 5 – o’quvchi: – Oymomaman – oymoma, ertaklarga boy momo. Ko’rinishim uch yoki to’rt kunlik bo’lsa ham, niyatlarim odamlarga to’kinlikdir. O’y sursalar, o’ylariga sirdoshdirman. Yo’l yursalar,yonlarida yo’ldoshdirman. Tinch tunlarni tinch kunlarga ulayman, O’zbekiston sharafini yurtlar aro so’zlayman. 6 – o’quvchi: – Bizlar 12 yulduz, 12 oymiz. Jamlasangiz, bir yilga joymiz. Kim qandoq yashadi, yaxshimi, yomon, ikkilanmay baholaymiz. Yana biz 12 yulduz – 12 burjmiz. Oyu qiyosh bilan birga doimo harakatdamiz. Fasllar o’zgaradi, yangi kun, yangi odamlar tug’iladi. Barida ishtirokimiz bor. Biz qo’ngan yurt bayrog’i ham, o’zi ham dunyo turguncha tursin, deymiz. O’qituvchi: – Ajdodlarimiz, ota – bobolarimiz, Vatan tuprog’i bilan birga, uning bayrog’ini ham o’pib, ko’zga surtganlar. Bu Vatanga bo’lgan muhabbat, sadoqat ramzidir. Davlat ramzlaridan yana biri bu – biz iftixor va g’urur bilan kuylaydigan qo’shiq – davlat madhiyasidir. “Gimn” so’zini qayerlarda uchratgansiz? O’quvchi – Madhiya “Gimn” deb ataladi. Gimn ijro etilganda hamma tik turib, birgalikda kuylaydi. Davlat bayrog’i ko’tarilayotgan paytda, albatta, gimn yangrab turadi.