Mavzu: potensiometrik titrlash topshirdi: Kalandarov A. K


Potensiometrik va boshqa asbobli (instrumental) titrlash usullarining vizual usullarga ko`ra bir qator afzalliklari mavjud



Yüklə 23,94 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü23,94 Kb.
#210110
1   2   3   4   5
Mavzu potensiometrik titrlash topshirdi Kalandarov A. K-fayllar.org

Potensiometrik va boshqa asbobli (instrumental) titrlash usullarining vizual usullarga ko`ra bir qator afzalliklari mavjud:


  • Potensiometrik va boshqa asbobli (instrumental) titrlash usullarining vizual usullarga ko`ra bir qator afzalliklari mavjud:

  • 1) titrlashdagi subyektiv xatolar deyarli yo`qoladi;

  • 2) aniqlashning sezuvchanligi ancha yuqori bo`ladi;

  • 3) loyqa va rangli eritmalar ham osongina titrlanadi;

  • 4) muayyan sharoit yaratilganda eritmada bo`lgan bir necha modda aralashmasi tabaqalab titrlanadi;

  • 5) titrlash jarayoni osongina avtomatlashtiriladi. Titrlashning oxirgi nuqtasi yaqinidaelektrkimyoviy indikator reaksiyalarining biri ikkinchisi bilan almashinadi, buning natijasida sistemaning potensiali keskin sakrash bilan o`zgaradi.

  • Elektrod jarayonlarining mexanizmi. Potensiometriyada tekshiriladigan eritmalarga tushirilgan elektrodlarning potensiallari o`lchanadi. 1889-yilda V.Nemst elektrod potensialining eritmadagi moddalar konsentratsiyasiga bog`liqligining termodinamik mohiyatini isbotladi. Hozirgi davrda elektrod potensiali deganda, taqqoslash (asosan, vodorod) elektrodi bilan istalgan oksidlanish-qaytarilish yoki boshqa reaksiyaga mos elektrod orasida yuzaga keladigan elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) tushuniladi. Shu negizda elektrodlarning quyidagi asosiy turlari haqida gapirish mumkin:

  • 1) elektron almashinuvchi elektrodlar;

  • 2) elektron-ion almashinuvchi elektrodlar;

  • 3) ion almashinuvchi elektrodlar. Agar biror oksidlanish-qaytarilish jufti mavjud bo`lgan eritmaga inert (indifferent) metall elektrodi tushirilgan bo`lsa, shu metall sirtida muayyan tezlik bilan sistemadagi oksidlangan va qaytarilgan moddalar orasida elektronlar almashinuvi

Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar indikator va taqqoslash elektrodlariga, ular esa birinchi, ikkinchi va uchinchi tur elektrodlarga boiinadi.


  • Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar indikator va taqqoslash elektrodlariga, ular esa birinchi, ikkinchi va uchinchi tur elektrodlarga boiinadi.

  • Indikator elektrodlar tekshiriladigan eritmaning elektrod potensialini o`lchash uchun xizmat qiladi. Elektrod — eritma sirti chegarasida sodir bo`ladigan elektr kimyoviy jarayonning mexanizmiga ko`ra indikator elektrodlari quyidagilarga bo`linadi:

  • 1) oksidlanish-qaytarilish (oksred) elektrodlar; bunday elektrodlarda elektronlar almashinishi kuzatiladi;

  • 2) birinchi, ikkinchi va uchinchi tur metall va metallmas elektrodlar; bunday elektrodlarda elektron-ion almashinish kuzatiladi;

  • 3) ion selektiv membranali elektrodlar; bunday elektrodlarda ion almashinishi sodir bo`ladi. Elektrodlar agregat holatlariga ko`ra qattiq (platina, kumush, grafit va boshqa), suyuq (simob) va gaz (vodorod, xlor) elektrodlarga bo`linadi. Bulardan tashqari elektrodlar aktiv (kumush, mis va boshqa) va befarq (inert: platina, grafit va boshqa) elektrodlarga bo`linadi. Qo`llaniladigan reaksiyalarning turlariga ko`ra u yoki bu turdagi elektrodlar ishlatiladi.

  • Selektivlik koeffitsienti qattiq membranali elektrodning asosiy ko`rsatkichi hisoblanadi. Qiymat qanchalik kichik bo`lsa, elektrodning selektivligi shuncha yuqori bo`ladi. Suyuq membranali elektrodlar suv bilan aralashmaydigan suyuq fazali organik moddalar bo`lib, ular o`z tarkibiga harakatchan ionlar va ionogen birikmalarni oladi. Suyuq membranalar qattiq membranalardan farqli ravishda harakatchan ionogen guruhlarga ega. Suyuq membrananing ishlash tartibi 2, a-chizmada tasvirlangan. Bir zaryadli Kt,+va Kt2+ kationlar membrana-eritma chegarasi orqali erkin o`ta oladi, organik radikal R esa membranadan o`ta olmaydi. Shuning uchun eritmadagi Z anionlar eritmadan membranaga amalda o`tolmaydi. R-Kt,+ va R-Kt2+lar a) ionit membranani tashkil etuvchi birikmalar bo`lib, ular quyidagicha dissotsilanadi.

  • 2-chizma: Suyuq ionit membranada sodir bo`ladigan jarayonlar

  • (a) va suyuq membranali elektrodning

  • (b) tuzilishi:

  • 1-selluloza membranasi;

  • 2-suyuq organik ionit;

  • 3-shisha nay;

  • 4-agar-agardagi elektrolit eritmasi;

  • 5-kumush xloridli elektrod;

  • 6-yordamchi elektrodning idishi.

Yüklə 23,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin