Kalomel elektrod nihoyatda ko`p qo`llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori va qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir. Unda sodir bo`ladigan elektrod reaksiyasi quyidagi tenglama bilan i
Kalomel elektrod nihoyatda ko`p qo`llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori va qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir. Unda sodir bo`ladigan elektrod reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Kalomel elektrod nihoyatda ko`p qo`llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori va qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir. Unda sodir bo`ladigan elektrod reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Elektrod tarkibiga simob va kalomel (Hg2Cl2) dan tashqari kaliy xloridning turli konsentratsiyali eritmalari ham kiradi. Kaliy xloridning konsentratsiyasiga ko`ra, elektrod uch xil bo`ladi.
1. To`yingan kalomel elektrod — kaliy xloridning to`yingan eritmasi bilan to`ldirilgan, uning elektrod potensiali +0,2488 F(t=25°C). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi va harorat koeffitsienti ancha yuqori.
2. Normal kalomel elektrodi — kaliy xloridning 1N eritmasi bilan to`ldirilgan. Uning potensiali +0,2828 V (t=25°C). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi pastroq boladi.
3. Detsinormallik kalomel elektrodi — 0,1N kaliy xlorid eritmasi bilan to`ldirilgan, uning potensiali +0,3365 K(t=25°C).[19]
Kumush xloridli elektrod potensiometriyada juda ko`p ishlatiladigan elektrod. Bu elektrodning potensiali +0,2224 F(t=25°C), uning doimiylik darajasi yuqori, elektrodning o`lchami kichik, suvda va suvsiz eritmalarda ham ishlatilishi mumkin. Elektrod, ko`pincha kumush va platina simiga elektrolitik cho`ktirilgan kumush yoki kumush xlorid asosida tayyorlanadi.
Bevosita potensiometriya
Bevosita potensiometriya
Bu potensiometriya oksidlanish-qaytarilish potensialini, vodorod va boshqa ionlar aktivligini (ionometriya), turli xil fizik-kimyoviy konstantalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Bevosita potensiometriyada o`lchanadigan potensial taqqoslash (E) va indikator (£.) elektrodlari hamda «suyuq birikma» (E) potensiallaridan tashkil topadi:
Ec potensial ikki xil konsentratsiyali suyuqliklar chegarasida har xil zaryadli ionlarning (kation va anion) turli tezliklarda tarqalishi tufayli yuzaga keladi.
Ayrim elektrodlar uchun const indikator elektrodining standart potensialiga teng, membranali elektrodlar uchun bu qiymat asimmetriya potensiali bilan belgilanadi. Membranani yasashda ichki va tashqi sirtlarning farqli bo`lishi va elektrod sirtining mexanik va kimyoviy ta`sirlar natijasida o`zgarishi tufayli asimmetrik potensial yuzaga keladi. Asimmetrik potensialning ta`sirini yo`qotish uchun elektrodni doimiy ravishda bufer eritma yordamida darajalab turish zarur.