Mavzu: potensiometrik titrlash topshirdi: Kalandarov A. K


Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar indikator va taqqoslash elektrodlariga, ular esa birinchi, ikkinchi va uchinchi tur elektrodlarga boiinadi



Yüklə 20,72 Kb.
səhifə3/10
tarix07.02.2022
ölçüsü20,72 Kb.
#52192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu potensiometrik titrlash topshirdi Kalandarov A. K-fayllar.org

Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar indikator va taqqoslash elektrodlariga, ular esa birinchi, ikkinchi va uchinchi tur elektrodlarga boiinadi.


  • Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar indikator va taqqoslash elektrodlariga, ular esa birinchi, ikkinchi va uchinchi tur elektrodlarga boiinadi.

  • Indikator elektrodlar tekshiriladigan eritmaning elektrod potensialini o`lchash uchun xizmat qiladi. Elektrod — eritma sirti chegarasida sodir bo`ladigan elektr kimyoviy jarayonning mexanizmiga ko`ra indikator elektrodlari quyidagilarga bo`linadi:

  • 1) oksidlanish-qaytarilish (oksred) elektrodlar; bunday elektrodlarda elektronlar almashinishi kuzatiladi;

  • 2) birinchi, ikkinchi va uchinchi tur metall va metallmas elektrodlar; bunday elektrodlarda elektron-ion almashinish kuzatiladi;

  • 3) ion selektiv membranali elektrodlar; bunday elektrodlarda ion almashinishi sodir bo`ladi. Elektrodlar agregat holatlariga ko`ra qattiq (platina, kumush, grafit va boshqa), suyuq (simob) va gaz (vodorod, xlor) elektrodlarga bo`linadi. Bulardan tashqari elektrodlar aktiv (kumush, mis va boshqa) va befarq (inert: platina, grafit va boshqa) elektrodlarga bo`linadi. Qo`llaniladigan reaksiyalarning turlariga ko`ra u yoki bu turdagi elektrodlar ishlatiladi.

  • Selektivlik koeffitsienti qattiq membranali elektrodning asosiy ko`rsatkichi hisoblanadi. Qiymat qanchalik kichik bo`lsa, elektrodning selektivligi shuncha yuqori bo`ladi. Suyuq membranali elektrodlar suv bilan aralashmaydigan suyuq fazali organik moddalar bo`lib, ular o`z tarkibiga harakatchan ionlar va ionogen birikmalarni oladi. Suyuq membranalar qattiq membranalardan farqli ravishda harakatchan ionogen guruhlarga ega. Suyuq membrananing ishlash tartibi 2, a-chizmada tasvirlangan. Bir zaryadli Kt,+va Kt2+ kationlar membrana-eritma chegarasi orqali erkin o`ta oladi, organik radikal R esa membranadan o`ta olmaydi. Shuning uchun eritmadagi Z anionlar eritmadan membranaga amalda o`tolmaydi. R-Kt,+ va R-Kt2+lar a) ionit membranani tashkil etuvchi birikmalar bo`lib, ular quyidagicha dissotsilanadi.

  • 2-chizma: Suyuq ionit membranada sodir bo`ladigan jarayonlar

  • (a) va suyuq membranali elektrodning

  • (b) tuzilishi:

  • 1-selluloza membranasi;

  • 2-suyuq organik ionit;

  • 3-shisha nay;

  • 4-agar-agardagi elektrolit eritmasi;

  • 5-kumush xloridli elektrod;

  • 6-yordamchi elektrodning idishi.

Yüklə 20,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin