Kalomel elektrod nihoyatda ko`p qo`llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori va qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir. Unda sodir bo`ladigan elektrod reaksiyasi quyidagi tenglama bilan i
Mavzu potensiometrik titrlash topshirdi Kalandarov A. K-fayllar.org
Kalomel elektrod nihoyatda ko`p qo`llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori va qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir. Unda sodir bo`ladigan elektrod reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Kalomel elektrod nihoyatda ko`p qo`llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori va qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir. Unda sodir bo`ladigan elektrod reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Elektrod tarkibiga simob va kalomel (Hg2Cl2) dan tashqari kaliy xloridning turli konsentratsiyali eritmalari ham kiradi. Kaliy xloridning konsentratsiyasiga ko`ra, elektrod uch xil bo`ladi.
1. To`yingan kalomel elektrod — kaliy xloridning to`yingan eritmasi bilan to`ldirilgan, uning elektrod potensiali +0,2488 F(t=25°C). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi va harorat koeffitsienti ancha yuqori.
2. Normal kalomel elektrodi — kaliy xloridning 1N eritmasi bilan to`ldirilgan. Uning potensiali +0,2828 V (t=25°C). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi pastroq boladi.
3. Detsinormallik kalomel elektrodi — 0,1N kaliy xlorid eritmasi bilan to`ldirilgan, uning potensiali +0,3365 K(t=25°C).[19]
Kumush xloridli elektrod potensiometriyada juda ko`p ishlatiladigan elektrod. Bu elektrodning potensiali +0,2224 F(t=25°C), uning doimiylik darajasi yuqori, elektrodning o`lchami kichik, suvda va suvsiz eritmalarda ham ishlatilishi mumkin. Elektrod, ko`pincha kumush va platina simiga elektrolitik cho`ktirilgan kumush yoki kumush xlorid asosida tayyorlanadi.