Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar indikator va taqqoslash elektrodlariga, ular esa birinchi, ikkinchi va uchinchi tur elektrodlarga boiinadi
Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar indikator va taqqoslash elektrodlariga, ular esa birinchi, ikkinchi va uchinchi tur elektrodlarga boiinadi.
Indikator elektrodlar tekshiriladigan eritmaning elektrod potensialini o`lchash uchun xizmat qiladi. Elektrod — eritma sirti chegarasida sodir bo`ladigan elektr kimyoviy jarayonning mexanizmiga ko`ra indikator elektrodlari quyidagilarga bo`linadi:
1) oksidlanish-qaytarilish (oksred) elektrodlar; bunday elektrodlarda elektronlar almashinishi kuzatiladi;
2) birinchi, ikkinchi va uchinchi tur metall va metallmas elektrodlar; bunday elektrodlarda elektron-ion almashinish kuzatiladi;
3) ion selektiv membranali elektrodlar; bunday elektrodlarda ion almashinishi sodir bo`ladi. Elektrodlar agregat holatlariga ko`ra qattiq (platina, kumush, grafit va boshqa), suyuq (simob) va gaz (vodorod, xlor) elektrodlarga bo`linadi. Bulardan tashqari elektrodlar aktiv (kumush, mis va boshqa) va befarq (inert: platina, grafit va boshqa) elektrodlarga bo`linadi. Qo`llaniladigan reaksiyalarning turlariga ko`ra u yoki bu turdagi elektrodlar ishlatiladi.
Selektivlik koeffitsienti qattiq membranali elektrodning asosiy ko`rsatkichi hisoblanadi. Qiymat qanchalik kichik bo`lsa, elektrodning selektivligi shuncha yuqori bo`ladi. Suyuq membranali elektrodlar suv bilan aralashmaydigan suyuq fazali organik moddalar bo`lib, ular o`z tarkibiga harakatchan ionlar va ionogen birikmalarni oladi. Suyuq membranalar qattiq membranalardan farqli ravishda harakatchan ionogen guruhlarga ega. Suyuq membrananing ishlash tartibi 2, a-chizmada tasvirlangan. Bir zaryadli Kt,+va Kt2+ kationlar membrana-eritma chegarasi orqali erkin o`ta oladi, organik radikal R esa membranadan o`ta olmaydi. Shuning uchun eritmadagi Z anionlar eritmadan membranaga amalda o`tolmaydi. R-Kt,+ va R-Kt2+lar a) ionit membranani tashkil etuvchi birikmalar bo`lib, ular quyidagicha dissotsilanadi.
2-chizma: Suyuq ionit membranada sodir bo`ladigan jarayonlar