Mavzu potensiometrik titrlash topshirdi Kalandarov A. K-fayllar.org
Ionometriya potensiometrik tahlilning istiqbolli usullaridan biri bo`lib, uning asosiy vazifasi turli kation va anionlar uchun selektiv — qaytar elektrod yaratish, ularni qo`llash va o`rganishdan iboratdir. Qadimdan ma`lum bo`lgan pH-metriya ionometriyaning bir turidir. Kation va anionlarni aniqlashga qarab, ionometriya usuli kationometriya va anionometriyaga bo`linadi. Hozir 100 dan ortiq ion va moddaga selektiv bo`lgan elektrodlar mavjud. Sanoat korxonalari ko`plab ionomerlar ishlab chiqarmoqda. Ularning qo`llanilish sohalari ham kengayib bormoqda.

Miqdoriy usullar. Bevosita potensiometriyada darajalash chizmasi, qo`shimchalar va boshqa usullar ishlatiladi.
Darajalash chizmasi usulida elektrod potensialining tekshiriladigan ion aktivligiga bog`liqligi chizmasi tuziladi. Bunda ion aktivligining logarifmik funksiyasi olinadi. Darajalash chizmasini tuzishda standart va tekshiriladigan eritmalarning ion tarkibi bir xil bo`lishini ta`minlash zarur. Bu qiyin bo`lganligi uchun, odatda, suyultirilgan eritmalar bilan ishlash yaxshi natijalar beradi. Shu bois, standart eritma ham, tekshiriladigan eritma ham suyultirilgan bo`lishi kerak. Shunday qilinsa, tekshiriladigan eritmadagi elektrolitning salbiy ta`siri sezilmaydi. Bunda tuzilgan darajalash chizmasi konsentratsion birliklardagi natijalarni beradi.