Animatsiyalar kiritish
Power Point dasturida prezentatsiyalarga animatsiyalar kiritish uchun dastlab animatsiyalar panelini ochib olish kerak. Buning uchun «Pokaz slaydov» menyusidan «Effekti animatsii» buyrug’ini tanlash kerak. Ushbu buyruqni tanlashimiz bilan Power Point dasturining topshiriqlar paneli bo’limining ko’rinishi o’zgaradi. U yerda animatsiyali effektlar ro’yhati paydo bo’ladi
Animatsiyalarni sozlash
Animatsiyalarni sozlash uchun «Pokaz slaydov» menyusidan «Nastroyka animatsii» buyrug’ini tanlaymiz. Ushbu «Nastroyka animatsii» buyrug’ini tanlashimiz bilan yana topshiriqlar paneli oynasining ko’rinishi o’zgarib qoladi. Ushbu panelning «Dobavitь effekt» – effekt qo’shish tugmasi orqali tanlagan slaydimizga yoki ob’ektimizga yangi animatsiyali effekt biriktirishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu tugmachani tanlashimiz bilan kontekst menyusi paydo bo’ladi. Ushbu kontekst menyudan animatsiyalarni kirishda yoki chiqishda qanday ko’rinishda bo’lishini belgilashimiz mumkin. Misol tariqasida kirishga animatsiya qo’yishni ko’radigan bo’lsak «Vxod» bo’limini tanlashimiz bilan yana yoniga yangi kontekst menyu ochiladi. Ushbu kontekst menyudan animatsiyalarni tanlashimiz mumkin.
3-rasm. Effektlarni tanlash oynasi.
Bu yerda berilganlardan tashqari boshqa animatsiya tanlamoqchi bo’lsak «Drugie effekti» bo’limini tanlashimiz kerak bo’ladi. “Drugie effekti” bo’limini tanlashimiz bilan yangi effektlarni tanlash “Dobavlenie effekta vxoda” muloqot oynasi paydo bo’ladi. Paydo bo’lgan muloqot oynasidan qo’shimcha effektlardan o’zimizga yoqqanini tanlab «OK» tugmachasini bosish bilan ishni yakunlaymiz. «Vixod» bo’limidan ham chiqish uchun animatsiyalarni shu tartibda bajarishmiz mumkin.
«Udalitь» – o’chirish bo’limidan esa qo’yilgan animatsiyalarni o’chirib tashlashimiz mumkin. «Nachalo» – boshlash bo’limidan qo’yilgan effektlarni namoyish vaqtida qay vaziyatda boshlanishini belgilashimiz mumkin (8.6- rasm). Ya’ni, agar hohlasak har bir effektni boshlash uchun klaviaturadagi yo’naltiruvchi tugmachalar yoki sichqonchani tugmachasini bosib turib o’tkazishga sozlashimiz mumkin. Buning uchun «Nachalo» bo’limidan «Po щelchku» holatini tanlashimiz kerak bo’ladi. Agar effektlarni birin-ketin avtomatik tarzda namoyish etilishini hohlasak «S prediduщim» holatini tanlashimiz kerak bo’ladi. Effektlarni ma’lum vaqt oralig’ida chiqishini ta’minlamoqchi bo’lsak «Zapuskatь posle prediduщego» holatini tanlashi-miz kerak. Effektlarni boshqa xossalarini ya’ni oraliq vaqt va boshqalarini o’rnatish uchun «Zapuskatь posle prediduщego» ustiga kelib sichqonchani o’ng tugmachasini bir marta bosamiz. Natijada kontekst menyu hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan kontekst menyudan «Parametri effektov» bo’limini tanlaymiz. Natijada effektlarni qo’shimcha xossalarini o’rnatish muloqot oynasi paydo bo’ladi.
4-rasm. Effektlarni namoyish vaqtini belgilash oynasi.
5-rasm. Effektlarni qo’shimcha hossalarini o’rnatish muloqot oynasi.
Muloqot oynasi uchta banddan iborat bo’lib, ular effekt, vaqt va matn animatsiyasidir. «Effekt» bandidan animatsiyalarni qo’shimcha parametrlari o’rgatiladi. Masalan ovoz qo’shish yoki animatsiyadan keyingi holatni belgilash mumkin. «Vremya» bandidan esa animatsiyalar oralig’idagi vaqtlarni sozlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. «Animatsiya teksta» bandidan esa matnlarni effektlarini belgilashimiz mumkin. Masalan, hamma matnlarni bitta ob’ekt ko’rinishida belgilash yoki alohida abzatslar ko’rinishida belgilash kabi.
Dostları ilə paylaş: |