Mavzu: Power point dasturi Reja: Kirish. Asosiy qism



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/7
tarix16.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#113989
  1   2   3   4   5   6   7
Power point dasturi


Mavzu: Power point dasturi
Reja:

Kirish.
Asosiy qism:
1.Power point dasturi haqida umumiy tushuncha.
2.Power point dasturini ishga tushirish.
3. Animatsiyalarni kiritish va sozlash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Harr qanday mutaxassis o’zining ish faoliyati davomida ish rejalari va taklif etayotgan mahsulotlari haqida so’zlab berish uchun ma’ruza qilishga to’g’ri keladi. Bunday vaqtlarda u ma’ruzani tez, yaxshi, sifatli, tushunarli va chiroyli qilib tayyorlashi zarur bo’ladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun u qanday dasturiy ta’minot turlaridan foydalanish mumkin degan savol tug’iladi. Matn muxarriri uning barcha muammolarini xal qilib bera oladimi? Bir necha xil dasturlardan foydalanish va ularning natijalarini umumlashtirish tezda kerakli yechimga olib kelishi mumkinmi? Bu muammoni yechishda, ya’ni chiroyli taqdimot tayyorlashda eng samarali va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi – Power Point ADPdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko’rinishlari: varaqalar, e’lonlar, tele va radio reklamalar sizga ma’lum. SHK - reklamalarni yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Power Point ADP 1987 yildan boshlab paydo bo’lgan bo’lsa ham, ammo prezentatsiyalarni yaratishda yetakchi o’rinni tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga qo’shimcha prezentatsiyalarni qo’llashning yangi usullari kiritildi. Power Point ADPdan foydalanayotgan har bir foydala-nuvchi hoh u yangi ish boshlovchi bo’lsa, hoh tajribali bo’lishidan qat’iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
1. Power Point dasturi haqida qisqacha tushuncha
Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri – bu Microsoft Office ilovasidagi Power Point dasturi. Ushbu dastur grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi.
Prezentatsiyalarni tayyorlash natijasida qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan hujjat;
kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;
slaydoskoplarda foydalanish uchun 35 millimetrli slaydlar;
cho‘ntak daftarchasi;
elektron prezentatsiyalarni olish mumkin.
Microsoft Power Point dasturi 1987 - yilda chiqilgan bo‘lsa ham, prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o‘rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo‘shimcha fikrlar va prezentatsiyalarni qo‘llashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Point dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi bo`lsin, xoh tajribali bo‘lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
Microsoft Power Point taqdimotlarni tayyorlash va hosil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animatsiyalar hosil qilish mumkin.Ma’ruza, biznes reja va hokazolar taqdimoti bo‘lib, har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.Microsoft Power Point universal, imkoniyatlari keng, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kirib, matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Power Point dasturi Microsoft firmasining prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish, ba’zi joylarda esa undan ma’lumotlar bazasi sifatida foydalanish mumkin. Ayrim hollarda bu dasturda multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalari ham bajariladi. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu slayd va prezentatsiya tushunchalaridir.
Prezentatsiya (taqdimot) – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya - Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o‘z xohishingizga ko‘ra almashtirishingiz mumkin.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin