«Poryadok» tartiblash bo’limidan ob’ektlarni animatsiya paytidagi navbatini o’zgartirishimiz mumkin.
«Prosmotr» tugmachasini tanlash orqali slaydga qo’yilgan effektlarni yana bir bor ko’rish, tekshirish imkoniyati bor.
«Pokaz slaydov» tugmachasini bosish bilan aktiv slaydni namoyish etib ko’rish mumkin. Bu ishni klaviatura orqali «Shift+F5» tugmachalari kombinatsiyalaridan foydalanib ham amalga oshirishimiz mumkin.
Slaydlarni namoyish etilishini sozlash «Pokaz slaydov»menyusidan «Smena slaydov» bandiga murojaat etsak oynaning o’ng qismida «Smena slaydov» muloqot oynasi ochiladi. Ushbu oyna orqali biz har bir slaydga yoki alohida slaydlarga effektlarni belgilashimiz, ularga vaqt belgilashimiz va ovoz berishimiz mumkin.
Fon qo’yish Tayyorlamoqchi bo’lgan prezentatsiyamizni qanchalik darajada kishi e’tiborini jalb qilishi uning foniga bog’liqdir. Fon o’rnatishda Power Point dasturining tayyor shablonlaridan ham foydalanish yoki o’zimiz tayyorlagan ixtiyoriy rasmni fon sifatida foydalanishimiz mumkin. Power Point dasturining tayyor shablonlaridan foydalanish uchun formatlash uskunalar panelida joylashgan «Konstruktor» - slaydlar quruvchisi uskunasini tan-laymiz. Natijada topshiriqlar panelida «Slayd dizayneri» paydo bo’ladi. Biz esa «Slayd dizayneri»panelidan «SHablon oformleniya» bo’limini tanlaymiz. Ko’p holda avtomatik tarzda shu bo’limning o’zi tanlangan holatda bo’ladi. «SHablon oformleniya» bo’limining pastki qismida turli xil ko’rinishda shablonlar joylashgan bo’ladi.
Xulosa Xulosa qilib shuni aytish kerakki, MS Power Point dasturi taqdimot yaratish uchun mo’ljallangan dastur hisoblanadi. Dastur orqali slaydlar yaratib, ularning dizayni, animatsiyasi, effektlarini tahrirlash ham mumkin. Bundan tashqari jadvallar, video, audio fayllar, diagrammalar ham joylash imkoniyatlari mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.Ўзбекистон республикаси «Ахборотлаштириш Тўғрисида»ги қонуни «Халқ сўзи» 2004.
2.Ўзбекистон республикаси «Электрон хужжатлар айланиши Тўғрисида»ги қонуни «Халқ сўзи» 2004.
3.Ўзбекистон Республикасининг «Таълим Тўғрисида» ги қонуни -Т: Ўзбекистон 1997 йил 28 август.
4.Ўзбекистон Республикасининг «Кадрлар тайёрлаш миллий дастури» қонуни -Т: Ўзбекистон 1997 йил 28 август.
5.www.ziyonet.uz