Power PointADP - universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari tarkibiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. Power Point yaratgan hujjatlarini Officening boshqa muxarrirlariga, Web sahifa ko’rinishida, rasm ko’rinishida (*.bmp,*.jpg) va boshqa ko’rinishlarda eksport qilish imkoni ham berilgan.
Power Point ADP Misrosoft firmasining prezentatsiyalar bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan mulьtimedia vositalarini boshqarish va ularni ko’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - s l a y d va p r ye z ye n t a ts i ya tushunchalaridir.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmani SHK ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko’rgazmani tashkil qilish - slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlashdan iboratdir.
Taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligi ko’p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyatiga, nutq madaniyatiga bog’liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
2. Power Point dasturini ishga tushirish Odatda Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish uchun Windowsning «Pusk» tugmasi bosiladi, menyuning «Programmi» bandidan «Microsoft Power Point» nomli qismi ishga tushiriladi.
Bu dastur taqdimot yaratish dasturidir. Bunda uzida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsion effektlar, ovoz, videokliplardan va xk.ni mujassam etgan slaydlardan taqdimotlar ishlab chiqish mumkin.
Microsoft Power Point dasturi ishga tushganda oynaning o’ng qismida ko’rgazmalar yaratish uchun muloqot oynasini ko’ramiz.
Ko’rgazmalar muloqot oynasi taqdimot yaratishning to’rt xil variantidan birini tanlashni taklif etadi: