L.F.Burlachuk So`rovnovalar – savol va mulohazalar tarzida berilgan topshiriqlarga tekshiriluvchidan ma`lumot olishga qaratilgan psixodiagnostik metodikalar guruhidir.
Psixologlar Bodalev A.A., Stolin V.V. bo`yicha psixodiagnostik metodikalarni quyidagicha tasniflash mumkin. A.1-guruhga shunday metodikalarni kiritish mumkinki, bunda berilgan topshiriqlarga tog`ri javob berilishi talab qilinadi yoki berilgan topshiriqda to`g`ri javobning o`zi mavjud emas. Birinchi turdagi metodlarga misol qilib intellekt testlari, maxsus qobiliyatlar testlari, ba`zi shaxs xislatlarini aniqlash testlarini olish mumkin (Raven testi, MATT). Ikkinchi turdagi diagnostic metodikalar shunday topshiriqlardan iborat bo`ladiki, bunda javobning to`g`riligi emas, balki u yoki bu javobning yo`nalishi aniqlanadi (masalan, R,Kettelning 16 PF testi).
2-guruhga verbal va noverbal psixodiagnostik metodikalar kiradi. Verbal metodlar sinaluvchining nutqiy faolligini talab etadi. Noverbal metodlar noverbal qobiliyatlar, ya`ni pertceptiv, motor (harakat) sohalariga oid topshiriqlarni bajarishga asoslangan ( anketa, so`rovnoma, interv`yu – verbal metodlar).
3-guruh metodikalar tasnifi quidagicha:
Ob`ektiv testlar – topshiriqning to`g`ri bajarilishi ko`zda tutiladi.
Standartlashtirilgan testlar – sinaluvchining verbal qobiliyatlaridan foydalaniladi. Bunda uning tafakkuri, xayoli, xotirasiga murojaat qilinadi. Ular o`z navbatida quidagi metodlarga bo`linadi:
test-so`rovnomalar – bir qancha savol yoki mulohazalardan tuziladi. Bir neccha turdagi muqobil javoblar taklif etiladi va ulardan birini tanlash talab etiladi;
ochiq so`rovnomalar – bunda standart javoblar berilmaydi, tekshiriluvchi o`z hohishiga ko`ra javob qaytaradi. Ihtiyoriy javoblar standart kategoriyalarga kiritilishi orqali qayta ishlanadi va standartlashtiriladi.
B.Maqsadiga ko`ra metodikalarning quidagi turlari farqlanadi:
1. Saralash yoki tanlash (qoldirish yoki yo`q).
2.Taqsimlash ( sinaluvchilarni bitta mezon bo`yicha yo`naltirish). 3.Tasniflash (sinaluvchilarni turli guruhlarga bir qancha mezonlar bo`yicha yo`naltirish).
V.Ma`nosi bo`yicha:
1.Intellekt testlari.
2.Qobiliyatlarni aniqlash testlari.
3.Muvaffaqiyatga erishishni aniqlash testlari.
4.Shaxs xislatlarini aniqlash testlari.