Psixologik tadqiqotni o`tkazishga qo`yiladigan talablar: Tadqiqotni tashkil qi`lish tekshiruvda qo`llaniladigan metod va metodikalarni tanlash hamda sinab ko`rishni (pilotaj tekshiruv ) o`z ichiga oladi. Tadqiqotga tayyorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi.
Tadqiqot metodi – bu tadqiqotchini qiziqtirgan ma`lumotni qo`lga kiritish yo`li, vositasidir.
Tadqiqot metodikasi – bu psixik jarayonlar va ularning xususiyatlari to`g`risidagi zarur ma`lumotni qo`lga kiritish uchun qo`llaniladigan konkret usul va vositalar majmuidir.
Barcha metodlarni L.F.Burlachuk bo`yicha tadqiqotchilik va diagnostik metodlarga ajratish mumkin. Tadqiqotchilik metodlari o`z navbatida quidagi turlarga bo`linadi:
Noeksperimental metodlar.
Eksperimental metodlar.
Noeksperimental metodlarga kuzatish, suhbat, faoliyat mahsulini o`rganish metodlarini kiritish mumkin.
Eksperimental metodlar tadqiq qlinayotgan omillarni o`rganish uchun maqsadga qaratilgan sharoitlarni yaratishga asoslanadi va tadqiqotchining sinaluvchi faoliyatiga faol tarzda aralashish imkoniyatini beradi.
Ushbu metod negizida psixologiyada an`anaviy bo`lgan ko`p sonly laboratoriya va tabiiy eksperiment metodikalari yaratiladi.
Psixodiagnostik metodning asosiy xususiyati uning o`lchash-tekshirish xarakterda ekanligida bo`lib, shu tufayli o`rganilayotgan holatni miqdoriy hamda sifatiy tavsiflashga erishiladi.
L.F.Burlachuk fikriga ko`ra, psixodiagnostik metodlarni uch xil yondashuv asosida tasniflash mumkin.
Ob`ektiv yondoshuv - diagnostika faoliyatni bajarish samaradorligiga qarab amalga oshiriladi.
Sub`ektiv yondashuv – sinaluvchining o`zi haqida bergan ma`lumotlari, o`z-o`zini tavsiflash va baholash asosida diagnostika qilinadi.
Proyektiv yondashuv – tashqi jihatdan neytral, noaniq stimul bilan o`zaro ta`sirni tahlil qilish asosida diagnostika qilinadi.
Akimova M.K., Gurevich K.M.bo`yicha hozirgi zamon psixodiagnostikasida mavjud bo`lgan vositalarni sifat darajasiga ko`ra ikki guruhga bo`lish mumkin: