Mavzu: Psixolog kasbiy faoliyat turlari Reja


OS- bolalar qishloqchasining ish tajribasidan



Yüklə 55,65 Kb.
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü55,65 Kb.
#190154
1   2   3   4   5   6
Mavzu Psixolog kasbiy faoliyat turlari Reja

OS- bolalar qishloqchasining ish tajribasidan

SOS - bolalar qishloqchasi - bu etim qolgan yoki ota-ona qarovisiz qolgan bolalar bilan ishlashning o’ziga xos usuli. Bu usulga avstriyalik pedagog German Gmayner asos solgan. Bugungi kunda u dunyoning 124 mamlakatida keng qo’llanib kelmoqda.


SOS- bolalar qishloqchasi bir necha kottedj-uylardan iborat. Ularning har birida «ona» va 6-8 ta bola yashaydi. Bu bolalar yoki ota-onasidan etim qolgan, yoki ularning ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan. Qishloqda hech kim ulardan haqiqiy hayotlarini va ularga «onalik» qilayotgan odam aslida onalari emasligini yashirmaydi. Bolalar qishloqchasidagi alohida uylarda onalarning yordamchilari- «xolalari» ham yashaydi. Ular dam olish kunlari «ona» kasal bo’lib qolganda, yoki biror ish bilan uydan ketganda «ona» ning o’rnini bosadilar. Qishloqchani direktor boshqaradi. U qishloqchadagi alohida uyda oilasi bilan birga yashaydi. Direktorlik vazifasidan tashqari u qishloqchadagi barcha bolalarga ota va erkak kishining namunasidir. Albatta, qishloqchada boshqa erkak kishilar
- direktor o’rinbosari, usta, haydovchi, xavfsizlikni ta’minlash xodimi ham mavjud. Shu bilan birga qishloqchaning faoliyat ko’rsatishida psixologning ishiga alohida e’tibor beriladi. U ham bolalarga, ham «ona» larga, ham xodimlarga psixologik yordam ko’rsatadi.

Mehribonlik uylari psixologinig shaxsiy fazilatlari
Mehribonlik uylari shunday tarbiyaviy muassasadir-ki, ularda ishlaydigan psixolog chuqur bilimlar bilan bir qatorda ma’lum bir shaxsiy sifatlari ancha rivojlangan bo’lmog’i lozim. Bunday xususiyatlar qatorida quyidagilar asosiy o’rin tutadi:

  1. Bolani sevish.

  2. Odamlarga bo’lgan qiziqish.

  3. Psixologik muvozanatni saqlay olish.

  4. Qiyinchiliklarga bardosh berish.

  5. Jamiyatda yashashni, nimanidir olib, nimanidir berishni bilish.

  6. O’rganishni bilish.

  7. Realizm, hamma narsaga reallik nuqtai nazaridan qarash.

  8. Bolalarga yoqishni bilish.

  9. O’z-o’zini yaxshi anglash va his etish.

  10. Ichki kuch-quvvatga ega bo’lish.

  11. Muloqatchan bo’lish.

  12. Yaxshi salomatlikka ega bo’lish.

  13. Optimist va hazilkash bo’lish.

Ota-onasi mehridan mahrum bo’lgan bolalar bilan ishlashga kirishishdan oldin psixolog o’zidan ana shu sifatlarni qidirib ko’rmog’i lozim. Topsa - yaxshi! Topolmasa-chi? Unda izlansiz. Albatta, ota-onaning chin mehriga bo’lgan chanqoqni hech qanday sun’iy yo’l bilan qondirib bo’lmaydi. Psixolog esa bolalarning psixologik jihatdan normal rivojlanishini ta’minlashi kerak.
Turli tuman bolalar muassasalarida psixolog olib boradigan ishlarning mazmuni ularga xos xususiyatlarning qisqa analizi shuni tasdiqlaydiki, haqiqatdan ham psixolog faoliyati muassasa turiga ko’ra farqlanadi.

Yüklə 55,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin