Psixologiya tarmoqlari Psixologiya fani qanday sohaga taluqligi bilan bir necha guruhlarga bo’linib ketadi. Biz buni birinchi bo’lib nazariy va amaliy psixologiya deb ataluvchi ikki katta guruhga bo’lamiz.
Nazariy psixologiya bizlarga fundament bo’lib hizmat qiluvchi asosiy qonun qoidalarni va psixologik teoriyalar va prinsiplarni o’rgatadi. Bu bizlarga juda hilma xil analizlash, baholash, modifikatsiya qilish va hususiyatlarni rivojlantirish metodlari va texnikalarini o’rgatadi.
Amaliy psixologiyada esa nazariy psixologiyada muhokama qilingan va o’rganilgan bilimlar sinaladi. Bu yerda biz psixologik qoidalar, prinisplar, teoralar va texnikalarni haqiqiy hayotda qo’llab ko’ramiz va o’z bilimimizni sinab ko’ramiz.
Har qanday fanga o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga ega. psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari; 4) izohlash metodlari.