Mavzu: Psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
Rеja:
1.Psixologiya fanining ilmiy nadqiqot metodlari.
2.Hozirgi zamon psixologiya fanining tarmoqlari
3.Kuzatish metodi.
4.Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi.
5.Tajriba (eksperiment) metodi.
6.Psixologik tadqiqot o`tkazishning asosiy bosqichlari
Psixologiya fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha tasnifi mavjud.B.S.Ananev psixikani oʻrganish metodlarini 4guruhga ajratib bergan.BU toʻrtta guruh metodlar M.Ulugʻbek nomli Oʻzbekiston milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti kabi psixolog mutaxassis tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlarida batafsil oʻrganiladi.Biz mazkur mavzumizda har bir insonning oʻzini va atrofdagilarni bilib olishga imkon beradigan, murakkab boʻlmagan, qoʻllash shartlari sharoitga mos boʻlgan va umum qabul qilingan metodlarini keltirgan
Psixologiyaning asosiy metodlari.
Kuzatish metodi: tashqi (obyektiv kuzatish), ichki subyektiv oʻz oʻzini kuzatish, erkin kuzatish,standartlashtirilgan, guruh ichida kuzatish, guruh tashqarisida kuzatish.
Sariq metodlari:ogʻzaki soʻrov,yozma Stiv, erkin soʻrov,(suhbat), standartlashtirilgan Stiv.
Testlar metodi test - Stiv, test- topshiriq,proyektiv test,sotiometrik test.
Eksperiment metodi tabiiy eksperiment, laboratoriya eksperiment.
Modellashtirish: matematik modellashtirish mantiqiy modellashtirish, texnik modellashtirish,kibernetika modellashtirish.
Kuzatish metodi tabiiy metodlar sirasiga kiradi.Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali maʼlumotlar toʻplash usulidir.Oʻz-oʻzini kuzatish esa odam oʻzida kechayotgan biror oʻzgarish yoki hodisani oʻzi oʻrganish maqsadida maʼlumotlar toʻplash va qayd etish usulidir.
Soʻrov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi maʼlumotlar toʻlashning anʼanaviy usullardan hisoblanadi.Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qoʻyilgan qator savollarga muhtasar javob qaytarishi kerak boʻladi.
Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi.Ular yordamida biror oʻrganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish , ularni koʻpchilikda qayta qayta sinash va maʼlumotlarni korrelyatsion analiz qilish orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin boʻladi.Ayni testga qoʻyilgan talab xech qachon oʻzgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida , turli davrlarda ham oʻzgarmagan holda ishlatilaveradi. Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sunʼiy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi,oʻrganiladi, taʼsir koʻrsatiladi, va baholanadi. Modellashtirish metodi kuzatish,soʻroq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida oʻrganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qoʻllaniladi.Bunda oʻsha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib oʻsha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat oʻrganiladi va xulosalar chiqariladi. Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy dastur va uni amalga oshirishni ta`minlashga yo`naltirilgan barcha meyoriy hujjatlarda o`sib kelayotgan yosh avlodning intellektual imkoniyatlarini, individual-psixologik xususiyatlarini o`rganishga va shu asosda ta`lim va tarbiya ishlarini rejalashtirish va qayta qurishga katta e`tibor berilgan. Bu esa, boshqa fanlar bilan bir qatorda, yosh avlodni tarbiyalashda psixologiya fanining ham alohida o`rni mavjudligini ko`rsatmoqda. Mazkur kursni o`qitilishdan maqsad, bakalavriatning "Kasbiy pedagogik tayyorgarlik" yo`nalishi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalarni kelgusi kasbiy faoliyatlarida kerak bo`ladigan hozirgi zamon psixologiyasining nazariy va amaliy bilimlarni berish. Psixologiya kursining vazifasi talabalarni o`quv-tarbiya jarayonini o`rganish va boshqarishda qullaniladigan shaxs psixologiyasi, psixik jarayonlar, yosh davrlari psixologiyasi, pedagogik psixologiyaga oid bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish. Kursni o`rganish davomida talabalar psixika va uning taraqqiyoti, shaxsning shakllanishi, shaxsning faoliyati va bilish jarayonlari, ta`lim va tarbiya jarayonining psixologik qonuniyatlari haqida bilimlar oladilar. Psixik hodisalar, psixik jarayonlar, holatlarni klassifikatsiya qilish, ularning yuzaga chiqishini, rivojlanganlik darajasini diagnostika qilish, psixologik bilimlarga asoslanib o`z pedagogik faoliyatini, o`quvchilarning bilish faoliyatini, ta`lim va tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil qilish va boshqarishga doir ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar. Ushbu ma`ruzalar majmuida 5140900 – Kasb ta’limi yo’nalishining barcha sohalari bo`yicha ta’lim olayotgan talabalar o`rganishi uchun psixologiya kursining umumiy psixologiya bo’limiga doir mavzular kiritilgan. Bu mavzularda o`tiladigan o`quv materiallarining asosiy mohiyati berilgan bo`lib talab uchun chuqur bilim olishga yo`llanma beradi va mashg`ulotlrga o`tiladigan mavzu bo`yicha yetarli tushuncha bilan kelish imkonini beradi.
Psixologiya-lotincha «psyuxе»–ruh, jon, «logos»–fan, ta'limot dеgan so`zlardan olingan bo`lib, ruh, jon haqidagi fan dеgan ma'noni anglatadi. Psixologiya faniga bеriladigan ta'riflar ham juda xilma–xil bo`lib, shulardan ayrimlarini ko`rib chiqadigan faktlar, ularning qonuniyatlari va psixika mеxanizmlari haqidagi fandir. Psixologiya–kishining ichki dunyosi, uni bilib olish va hayotda qo`llanish haqidagi fandir.Ko`rinib turiptiki, barcha ta'riflarda ham psixika haqida so`z bormoqda. Xоsh, psixika nima?Psixika lotincha psyuxе-so`zidan kеlib chiqqan bo`lib, ruh, jon dеgan ma'noni bildiradi. Psixika sеzgi, idrok, tafakkur, xissiyot, iroda, xotira va boshqa shu kabi tushunchalar bilan guruhlarga ajratilib, hammasi birgalikda kishining psixikasi, kishining ichki dunyosi, uning ruhiy hayoti va xokazolar dеb ham ataladigan tushunchalarni hosil qiladi. Bundan tashqari biz amaliyotda psixik xodisalar, ruhiy xodisalar dеgan iboralarga ham juda ko`p duch kеlamiz. Psixika–yuksak taraqqiy etgan matеriyaning ya'ni miyaning mahsuli bo`lib, tirik mavjudotning tashqi olamni miyada aks ettirilishi bilan bog`liq bo`lgan murakkab xodisalar xossasi majmuidir.
Dostları ilə paylaş: |