Mavzu: Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari. Psixologiya fanining tarmoqlari va tadqiqod metodlari. Reja


Psixologiya fanining prinsiplari va tadqiqot metodlari



Yüklə 34,31 Kb.
səhifə3/7
tarix14.04.2023
ölçüsü34,31 Kb.
#97693
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari. Psix

Psixologiya fanining prinsiplari va tadqiqot metodlari.
Psixologiya fanining filogenetik, tarixiy, ontogenetik rivojlanishiga yangicha yondashish prinsiplarini quyidagicha turlarga ajratishga imkon beradi:

    1. Determenizm;

    2. Ong va faoliyat birligi;

    3. Taraqqiyot;

    4. Tarixiylik;

    5. Predmetlilik;

    6. Monizim;

    7. Nutq va tafakkur birligi;

    8. Faollik;

    9. Interiorizatsiya va eksteriorizatsiya;

    10. Faoliyat ichki va tashqi tuzilishi birligi;

    11. Psixikani Sistemali analiz;

    12. Aks ettirishni faoliyat tuzilmasidagi in’ikos qilinuvchi ob’ektga bog‘liqligi va hokazo.

Psixologiya fanining asosiy printsiplari: determinizm printsipi, ong va faoliyat printsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi printsiplari ishlab chiqiladi.
A) Sub’ektiv asosga nisbatan ob’ektiv asoslar birlamchiligi printsipi. Psixika material bo‘lmasa ham materiyadan ayrim holda yashay olmasligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham psixologlar psixikaning tashqi material ko‘rinishidan o‘rganadilar.
B) Psixika taraqqiyotida faoliyatning yetakchi rol o‘ynashi printsipi. Psixika taraqqiyotda faoliyatning yetakchi rol uynashi printsipi inson psixikasining mehnatda yuzaga kelganligi va faoliyatda tarkib topishidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayrim xolda o‘rganish mumkin.
V) Psixik xodisalarning o‘zaro bog‘liqlik printsipi. Psixik xodisalarning o‘zaro bog‘liqlik printsipini bizning ichkpi dunyomiz yagona bir butun ekanligidan, ma’lum shart-sharoitlarda shakllangan, aniq shaxslarga xos miyaning yagona ma’suli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jixatdan shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o‘rganishning o‘zi asosiy maqsad bo‘lib qolmasligi kerak. Xar bir tekshirishda biron psixik xodisaning boshqa psixik xodisalar bilan uzviy aloqasini va ta’sirini xisobga olish lozim bo‘ladi.
G) Psixik faoliyatni o‘rganishda ob’ektivlik printsipi. Boshqa tekshiruvchilar qatori psixologda xam real ma’lumotlarni o‘rganishni va real axvolni tasvirlamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yul qo‘ymaslikni talab qiladi.
Ye)Nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi printsipi. Nazariya amaliyotni yet aqlab borishini o‘z qobiliyatiga o‘ralashib qolmasdan amaliyotga yangi-yangi yo‘llarni ko‘rsatishni talab etadi.
D) Determinizm printsipi. Printsipiga ko‘ra psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi, va yashash sharoiti o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Inson ongining paydo bo‘lishi formalari va taraqqiyoti oqibat natijada hayot uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalar ishlab chiqarish usullari taraqqiyotining qonununlari bilan beligilanadi.
Masalan determinizm printsipiga ko‘ra psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va yashash sharoiti bilan o‘zgaradi.
Ong va faoliyat birligi printsipi psixologlarning xulq-atvor xatti-xarakatlar va faoliyatni o‘rganish orqali xatti-xarakatlardan ko‘zlagan maqsadlarga muvofaqiyatli erishishni ta’minlovchi ichkii psixologik mexanizmlarni, ya’ni psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochishlariga imkon beradi. Psixka va ongning faoliyatda taraqqiy etish printsipiga ko‘ra psixikaga taraqqiyot maxsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to‘g‘ri tushunish hamda aynan tushuntirib berish mumkin. Ong va faoliyat birligi printsipiga ko‘ra ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi aynan ham emas, ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatining ichki planini, uning programmasini tashkil etadi. Faqat ongdagina vokelikning dinamik modellari yaratiladi, ana shu modellar yordamida odam tevarak-atrofni kurshab olgan muhit bilan munosabatga kirishadi. Psixika va ongning faoliyatida taraqqiy etishi printsipiga ko‘ra, psixikaga taraqqiyot maxsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to‘g‘ri tushunish hamda aynan tushuntirib berish mumkin. Bu printsip psixologiyalardan P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskits, S.L.Rubinshteyn, B.M.Teplov va boshqalar tomonidan ishlangan, ularning asarlarida o‘z ifodasini topgan.
1. Psixologiyaning ananaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvafaqqiyatli qo‘llanilmoqda.

Yüklə 34,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin