Mavzu: Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari. Psixologiya fanining tarmoqlari va tadqiqod metodlari. Reja



Yüklə 34,31 Kb.
səhifə7/7
tarix14.04.2023
ölçüsü34,31 Kb.
#97693
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari. Psix

Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o‘zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklari, uzgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar,tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar, o‘rganilayotgan shaxsnito‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarni ochishga yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlartorqali ijodiy hayol bilan bog‘liq jarayonlar: sheriat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o‘ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobliyati, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarni o‘rganish mumkin. Inson ongining hissasi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma’ldumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o‘tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini o‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, iroda etishi, o‘zining uslubini yaratishi, kamolot cho‘qqisiga erishishi jarayonida na’muna vazifasini o‘taydi.

Yüklə 34,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin