Naqd pul aylanmasi muomalaga 2 kanal orqali chiqadi:
Naqd pul aylanmasi muomalaga 2 kanal orqali chiqadi:
1. Markaziy Bankning zaxira vakillik tizimi (Tijorat banklarining buyurtmalari asosida). Tijorat banklarida naqd pulga bo‘lgan qo‘shimcha talab yuzaga kelganda ular bu talabni qondirish uchun markaziy bankga naqd pul olish uchun buyurtma beradilar. Markaziy Bank buyurtma qilingan naqd pulni emissiya qiladi va uni inkassatsiya xizmati orqali tijorat banklariga etkazadi. Emissiya qilingan summaga Markaziy Bank balansining passiv qismidagi “Majburiyatlar moddasi” ko‘payadi.
2.Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtrishda. Markaziy Banklarning tuman va shahar filiallari bo‘lmaydi, shu sababli ular davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirish maqsadida tijorat banklarining xizmatlaridan foydalanishga majbur bo‘ladilar. Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xarajatlarini naqd pulsiz shaklda moliyalashtrib beradi. Moliyalashtrilgan summaning naqd pul ta’minoti Markaziy bank tomonidan amalga oshirilinadi. Markaziy Bank inkassatsiya xizmati orqali naqd pulni tijorat banklariga etkazib beradi. Etkazib berilgan naqd pulning naqd pulsiz ekvivalienti tijorat bankining hisob raqamidan echib oladi.
Mamlakatimizda naqd pul qo’llaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi subyektlar o’rtasida bo’ladi.
Mamlakatimizda naqd pul qo’llaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi subyektlar o’rtasida bo’ladi.
2. Davlat va axoli o’rtasida (pensiya, nafaqa, byudjetga soliq to’lovlari va boshqalar)
3. Kredit tizimi va aholi o’rtasida (qarz olish, uni qaytarish, pulni jamђarmaga qo’yish va olish, yutuqlarni olish va boshqalar)
4. Korxona, tashkilot va muassasalar o’rtasida cheklangan holdagi naqd pul bo’yicha hisob – kitoblar, chunki ular o’rtasidagi hisob – kitoblar asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi.