Mavzu: pul aylanmasi va uning tarkibi



Yüklə 172,66 Kb.
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü172,66 Kb.
#163954
1   2   3   4   5
PUL AYLANMASI

Tijorat veksellari – tijorat veksellari tovarlar kreditga sotilganda yoziladi. Vekselni mol etkazib beruvchi to‘ldiradi. Sotib oluvchi esa vekselga mas’ul shaxsning imzosi va muhr qo‘yadi. Ana shundan keyin veksel sotib oluvchining mol etkazib beruvchi oldidagi qarz majburiyatini tasdiqlovchi hujjatga aylanadi. Tijorat vekseli pulning to‘lov vositasi funksiyasini bajaradi.Vekselni indassament orqali boshqa shaxslarga uzatish mumkin. Indassament-vekselni boshqa shaxsga uzatish huquqini beruvchi maxsus yozuv.Vekselni boshqa shaxsga uzatgan shaxs indossant deyiladi.Vekselni qabul qilib olgan shaxs indossat deyiladi.

Bank akseptlari – aksept so‘zi lotincha so‘z bo‘lib qabul qilmoq degan manoni anglatadi. Bank aksepti deganda bank tomonidan tijorat vekseli va chek bo‘yicha to‘lovning kafolatlanishi tushuniladi.

Pul aylanmasi 2 yirik qismdan iborat:

Pul aylanmasi 2 yirik qismdan iborat:

  • Naqdsiz pul aylanmasi
  • Naqd pul aylanmasi
  • Naqdsiz pul aylanmasi – bu pul mablag‘larining to‘lovchining bankidagi hisob raqamidan oluvchining hisob raqamiga ko‘chirish shaklidagi harakatlarining yig‘indisidir.

    Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir.

    Naqd pul aylanmasi bu pul mablag‘larining naqd ko‘rinishidagi aylanmasidir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga bo‘lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSH va YAponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan.

Pul aylanmasining turkumlanishi

Pul aylanmasining turkumlanishi

  • Tovar pul munosabatlarining ishtirokiga ko’ra: Tovarli va tovarsiz.
  • Pul belgilariga ko’ra: naqd va naqdsiz
  • Pulning funksiyalariga ko’ra: muomala va to’lov vositasi
  • Subyektlarning joylashgan o’rniga ko’ra: bir Shahar Ichida va shaharlararo.

Yüklə 172,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin