• Tijorat veksellari – tijorat veksellari tovarlar kreditga sotilganda yoziladi. Vekselni mol etkazib beruvchi to‘ldiradi. Sotib oluvchi esa vekselga mas’ul shaxsning imzosi va muhr qo‘yadi. Ana shundan keyin veksel sotib oluvchining mol etkazib beruvchi oldidagi qarz majburiyatini tasdiqlovchi hujjatga aylanadi. Tijorat vekseli pulning to‘lov vositasi funksiyasini bajaradi.Vekselni indassament orqali boshqa shaxslarga uzatish mumkin. Indassament-vekselni boshqa shaxsga uzatish huquqini beruvchi maxsus yozuv.Vekselni boshqa shaxsga uzatgan shaxs indossant deyiladi.Vekselni qabul qilib olgan shaxs indossat deyiladi.
• Bank akseptlari – aksept so‘zi lotincha so‘z bo‘lib qabul qilmoq degan manoni anglatadi. Bank aksepti deganda bank tomonidan tijorat vekseli va chek bo‘yicha to‘lovning kafolatlanishi tushuniladi.
Naqdsiz pul aylanmasi – bu pul mablag‘larining to‘lovchining bankidagi hisob raqamidan oluvchining hisob raqamiga ko‘chirish shaklidagi harakatlarining yig‘indisidir.
Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir.
Naqd pul aylanmasi
bu pul mablag‘larining naqd ko‘rinishidagi aylanmasidir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga bo‘lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSH va YAponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan.