- «O’zbekiston pochtasi» xizmatlari bo’yicha to’lovlarda
- Temir yul, xavo yuli va mahalliy transportga to’lovlarda
- savdoda tovarlarni sotishda
- mehnat xaqi, pensiya va nafakalar to’lovini amalga oshirishda va boshqa xolatlarda amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblarga to’g’ri keladi.
Mamlakatimizda pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblarga to’g’ri keladi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblar deganda korxona va tashkilotlar tomonidan tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operasiyalar bo’yicha bir – biriga bo’lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini schyotdan – schyotga o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.
Mamlakat iqtisodi rivojlanib borgan sari pul oborotida naqd pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ortib boradi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi:
1. Yalpi ichki mahsulot va milliy daromad xajmining ortib borishi;
2. Tovar aylanishi hajmini o’sishi;
3. Xo’jalik subyektlari o’rtasida hisob – kitob munosabatlarining oshishi;
4. Bank kreditining ayirboshlash jarayonidagi rolini o’sishi;
5. Iqtisodiy alokalarni rivojlantirishda va hisob – kitoblarda elektron hisoblash texnikasidan, kompyuterlardan keng ko’lamda samarali foydalanishni oshishi;
6. Naqd pulning kuprok miqdorda oldi – sotdi bilan shuђullanuvchi ishbilarmonlar qo’liga o’tib ketganligi;
7. Pulning davlat gaznasidan chiqib yana qaytib kelishi jarayonlarida uzilishlarning paydo bo’lishi;
8. Davlatning naqd pul yetishmasligi muammosiga duch kelishi va boshqalar
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 1998 yil 27 iyundagi 60 – sonli «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’g’risida Nizom»ga asosan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: